Volferen Bergerning yozishicha: «Integratsion ta’lim bu –
segregatsion
ta’limning aksi bo‘lib, bunda maxsus ehtiyojga ega bolalar umumta’lim
muassasalari tizimiga kiritiladi». Integratsiya keng ma’noda ijtimoiy integratsiya
yoki jamiyatga integratsiya va pedagogik integratsiya yoki ta’limga integratsiyani
o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy integratsiya – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani
ijtimoiy munosabatlar va xatti-harakatlarning umumiy tizimiga
ijtimoiy
adaptatsiyasidir. Nogiron bolani jamiyatga integratsiya muammosi bir tomondan
psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarining
mavjudligi bilan, ikkinchi
tomondan ijtimoiy munosabatlar tizimining mukammal emasligi, ya’ni ba’zi
talablarini ma’lum darajada keskinligi hayot faoliyati cheklangan bola uchun o‘ta
olmaydigan to‘siqqa aylanishi bilan ifodalanadi.
Nogironlarni jamiyatga integratsiyasining ikki yondashuvi mavjud. Birinchi
yondashuv nogironni jamiyatga integratsiyasini mavjud atrof-muhit shart-
sharoitlarga moslashishini nazarda tutadi. Albatta,
mazkur yondashuv bir
tomonlama va juda tordir. Ikkinchi yondashuv nogironni jamiyatga kirishga
tayyorlash va jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan
bo‘lsada, jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlar endi
muhokama qilinmoqda. T.V. Furyayeva bolalar integratsiyasining to‘rt turini
(jismoniy, funksional, ijtimoiy va ijtimoiy-etal) ajratib ko‘rsatgan.
Jismoniy
integratsiya – bolalarni bir binoda faoliyat ko‘rsatishi. Muallifning ta’kidlashicha,
integratsiyaning bu turi bolalar dunyolari orasidagi masofani qisqartirishning
boshlag‘ich davridir.
Funksional va ijtimoiy integratsiya uchun predmet-fazoviy birlashuv xosdir. U
predmetli munosabatlar, shaxslararo aloqalar, muloqotni tashkil etish orqali amalga
oshiriladi. Ijtimoiy-etal integratsiya ijtimoiy masofalarning to‘liq qisqarib ketishi,
faoliyatdagi tenghuquqli hamkorlik, subyekt-subyekt munosabatlarini nazarda
tutadi1 . Ijtimoiy adaptatsiya – o‘zgaruvchan hayot
sharoitlariga insonning
moslashuv qobiliyati bo‘lib, u ijtimoiylashuv va integratsiyaning muhim
mexanizmidir. Ijtimoiy adaptatsiya turli faoliyatlar (o‘yin, muloqot, o‘qish, mehnat)
va insonni o‘zini anglash jarayonida amalga oshadi.
Mazkur faoliyat turlari bir vaqtning o‘zida hayotning turli bosqichlarida
adaptatsiya vositalari, maqsadlari va natijalari sifatida xizmat qiladi. Inkluziv ta’lim
tushunchasi Inkluziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar
o‘rtasidagi to‘siqlarni
bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalarni
rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’i nazar, ijtimoiy
hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni
ifodalovchi ta’lim tizimidir.
«Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki boshqa
nuqsonlaridan qat’i nazar, hamma bolalarni qabul qilishi kerak.
Ularga ruhiy va
jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko‘chmanchi xalqlarga tegishli
bo‘lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil etgan oilalarning bolalari
kiradi» (Harakat Rejasiga kirish 3-band). Inkluziv ta’lim vazifalari: – ta’lim
muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo’lgan imkoniyati cheklangan bolalar va
o‘smirlarning ta’lim olishlari 1Furyaeva T.A. Integrirovannыy podxod v
organizatsii vospitaniya i obucheniya detey doshkolьnogo vozrasta s problemami v
razvitii (zarubejnыy opыt). / Defektologiya, №1, 1999.
uchun zarur psixologo-
pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan
umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy
rivojlanishini, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; – maxsus ta’lim muassasasi
o‘quvchilarini umumta’lim maktablari bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib
borish yo‘li bilan o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; –
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi
to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotgan erta
moslashtirish; – alohida yordamga muhtoj bolalar va o‘smirlarni oilalardan
ajratmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; –
jamiyatda imkoniyati
cheklangan bolalar va o‘smirlarga muqobil munosabatni shakllantirishdir. Inkluziv
ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari:
1. Inkluziv ta’limning e’tirof etilishi.
2. Inkluziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.
3. Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.
4. Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili.
5. Inkluziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
6. Inkluziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7. Malakaviylik tamoyili.