Bog'liq 258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida
2-BOB. IJRO IShI YuRITIShDA IShTIROK ETUVChI ShAXSLAR 9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi
hisoblanadi.
Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish
yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati
zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi.
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri
boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok
etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.