Bog'liq 258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida
4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining ta’minlanishi Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari
mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lsa, pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi sud
hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi
bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin.
Qarzdorning hisobvaraqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti
ijro hujjati olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ijro hujjatida bayon etilgan pul
mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talablarni ijro etadi yoxud qarzdorning hisobvaraqlarida
undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘i yo‘qligi sababli ko‘rsatilgan
talablar to‘la yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qo‘yadi.
Ushbu moddaning
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaslik sudning
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga
jarima solishi uchun asos bo‘ladi.