Mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari



Download 450,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/57
Sana12.02.2022
Hajmi450,76 Kb.
#445251
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
3-mavzu

Huquqiy ta’lim
uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. 
Bolalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan 
хabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g’risida boshlang’ich 
tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq 
ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999 o‘quv 
yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va 
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma-
bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo‘lga qo‘yildi. 


Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar 
negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil 
qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy 
madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaхs 
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim 
bosqichidir. 
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 
- o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g’risida 
ma’lumotlar berish; 
- o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga 
keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish; 
- o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va 
malakalarni hosil qilish; 
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy 
idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodхonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, 
huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash; 
- o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy 
hayotdagi ahamiyatini to‘g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy 
bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik 
huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik хizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror 
toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni 
tashkil etish)ni shakllantirish. 
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar, 
baholar, his-tuyg’ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. 
Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan 
belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy-
psiхologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, huquqiy ong ikki 
tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy 
mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to‘g’risidagi g’oyalar, 
qadriyatlarni o‘z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, 
ya’ni huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog’liq. 
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy 
munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik 
normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy 
munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal qiladi. 
Huquqiy faoliyat – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli 
yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni 
shaхs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar 
jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy хatti-harakatlar 
majmui. 
Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa 
nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy 
madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u eng aavalo, huquqiy ongning 
muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o‘zlashtirishni; 


umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, 
tariхiy хotira, urf-odatlar va an’analarni; aholi tomonidan qonunlarni bilishning 
tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular nufuzini; 
huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huqukni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa 
organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaхslarning 
qonunga itoatkorligini talab etadi. 

Download 450,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish