165
4.
Ta’lim sohasini rivojlantirishning maxsus mezonlari va ko‘rsatkichlarini
mustaqil ravishda aniqlashtiring va loyiha ko’rinishida taqdim eting.
4.5. PEDAGOGIK TADQIQOTNING MATEMATIK-STATISTIK
METODLARI
Tayanch tushunchalar:
tanlamalar,
gipoteza, boshlang‘ich gipoteza,
tasodifiy miqdor, korrelyatsion bog‘lanish, tekshirish metodi, birinchi jinsli xato,
ikkinchi jinsli xato, t-mezon, f-mezon, x
2
-mezon, ruxsat etilganlik mezoni, ozodlik
darajasi, dispersiya,
taqsimot funktsiyasi, kritik qiymat, bosh to‘plam, normal
taqsimot.
Matematik-statistik metod ilmiy tadqiqotda keng qo‘llanilishi hozirgi davr
fanining o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Matematik-statistik metodning
qo‘llanilishi tadqiqot
samaradorligini oshiradi, pedagogik voqelikning aniq
ifodalash, mavjud voqelikning ichki bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlash, uni har xil
sharoitda samaradorligi, rivojlanish darajalarini bilish, baholash imkoniyatlarini
oshiradi. Pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish o‘ziga xos xususiyatlarini
ishlab chiqish ilmiy ishlarni samaradorligini kafolatlaydi.
Pedagogik tadqiqotda miqdoriy baholash ta’limiy,
tarbiyaviy voqelikni
mohiyati va matematik tilda ifodalash metodikasidir. Pedagogik tushuncha
aniqligi, matematik tilda uni ifodalash, tadqiqot natijalarini umumlashtirishni
osonlashtiradi. Pedagogik tadqiqotni matematikalashtirish ilmiy sifat darajasi aniq
bo‘lishiga bog‘liq. Muayyan voqelikni natijani faqat darajalarini tahlilida
nazariyani
yaratilgani, nazariy tushunchalar matematik tilda ifodalanishi farazni
asosolaydi. Sifatiy tahlil, miqdoriy tahlilda yanada samarali bo‘ladi.
Matematik metoddan samarali foydalanish asosi maxsus metodlar tizimini
rivojlanishi bilan bog‘liq. Maxsus metodlarni taraqqiy etgani matematik metodga
manba’ tayyorlaydi, uyg‘unlikda ilmiy tadqiqot natijasini interpretatsiya natijasini
oshiradi.
Matematikalashtirish har bir fanning predmeti uning tarixiy taraqqiyoti
fundamental bog‘liq murakkab va samarali jarayondir.
Pedagogikada nazariy
166
tadqiqotlar natijasiga o‘lchovli yondoshish 19 asr oxiri 20 asr boshlarida joriy etila
boshlandi. Miqdoriy baholash metodi nazariy , eksperimental tadqiqotlarning,
didaktikaning asosiy metodidan biri bo‘ldi. Ammo bu metodikaga germenevitik
pedagogika, madaniyat pedagogikasi,
falsafiy pedagogika, ekzisttensialistik
pedagogika tarafdorlari qarshi chiqdilar.
Shunga qaramay, eksperimental pedagogika rivojlandi, matematik statistik
metod pedagogik tadqiqotlarning samarali metodlaridan biri bo‘lib qoldi. Bugungi
kunda axborot texnologiyalarining keng rivojlangani pedagogik tadqiqotlarni
matematikalashtirish
imkoniyatlarini, zaruriyatini yanada oshirdi. Ta’lim-tarbiya
jarayoni rivojlanishi sifatini miqdoriy tahlili keng qo‘llanilmoqda. Pedagogik
tadqiqotlarning matematik tili, lingvistikasining shakllanishi ta’lim-tarbiya
nazariyasining ifodalovchi vositasiga aylangan. Bu esa pedagogik voqelik, tadqiqot
natijalarini muayyanlik darajasini oshiradi. SHuning uchun pedagogik
tadqiqotlarni matematikalashtirish tadqiqot metodlaridan ko‘ra ilmiy konsepsiya,
nazariyani ifodalovchi samarali vositaga aylanmoqda.
Matematik metodning
evrestik xususiyatini oshirish, pedagogik tadqiqotlarni yangilik yaratish, ijodiy
izlanish, fikrlash omilkorligini oshirmoqda. SHuning uchun bo‘lajak olimlarni
pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish
madaniyati ilmiy tadqiqot
intensivligini ta’minlaydi.
Matematik tahlil metodini qo‘llashda:
-
dalillarni miqdoriy sonlar bilan ifodalash zaruratini asoslash;
-
sonlar bilan umumlashtirish maqsadini yoritish;
-
tablitsalarni oddiy, tushunarli til bilan umumlashtirish;
-
eng muhim miqdorni, jadvalni taqdim etish;
-
jadvallarni gorizantal va vertikal tahlil qilish kabi tamoyillarga amal qilinadi.
Pedagogik tadqoqitlarda matematik-statistik metodni qo’llashni quyidagi
tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: