2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/602
Sana11.02.2022
Hajmi4,92 Mb.
#443861
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   602
Bog'liq
ХФХ МАЖМУА 2021 БИОЛОГИЯ кундузги

Nazorat savollari: 
1.Mehnat muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi uchun qanday javobgarlik belgilanadi? 
2. Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish qanday davlat 
tashkilotlariga yuklatilgan? 
3. Ishlab chiqarish korxonalarida necha pog‘onali nazorat amalga oshiriladi? 
4.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar qanday mablag‘lar hisobiga ta’minlanad? 
 


23 
 
3-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik 
asoslari
.
 (2-soat)
Reja

1
. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomik asoslari 
2.Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning e psixologik asoslari 
Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena
fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya,
antropometriya va biofizika fanlarining ma'lumotlari qo’llaniladi. 
Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida 
insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o'rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli 
va ishonchli bo’lab hamda intellektual va flzik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. 
Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o'rtasida ma'lum 
kelishuvchanlik haqida so'z boradi.
Albatta bunda o'ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. 
Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to’g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika 
texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham 
yechilavermaydi. HFX esa insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko'radi.
Ergonomika
 
- mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika 
tushunchasi grekcha “ish va qonun” degan so'zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika so'zini 
birinchi bo'lib, 1875- yili o'zining “Ergonomika jihatilari, ya’ni mehnat haqidagi fan”
degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan. 
Yangi ilmiy fanni yaratish g'oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari Bexterev 
V.M. va Myasnitsev V.N.lar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif 
qilishgan. 
1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh 
mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin 
keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta'riflar ham ishlatilib kelindi; misol: 
inson injeneriyasi, muhandislik psixologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari 
kabi tushunchalar. 
Ergonomika texnika rivojlanishining ma'lum etapi (bosqichi)da paydo bo'lgan bo’ lib, 
ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-sharoitdir. Yangi jihoz va unga 
to'g'ri kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo'ladigan ko'pchilik savollarni 
faqat soglom fikr asosida yechish mumkin bo'lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi. 
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o'lcham 
(parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni 
mehnat jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko'ngilsiz ishlab chiqarish 
omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir. 
Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda 
sinflashimiz va turlarga bo' lishimiz mumkin: 
1. Psixologik yuklanishni kamaytirish (nazorat tizimlarini avtomatlashtirish; ishlab 
chiqarish jarayonlarini stabillashtirish; ish xavfsizligini ta'minlash; jihozlar ishining 
ishonchliligini ta'minlash; me'yoriy darajagacha ma'lumotlar hajmini kamaytirish; sozlash va 
nazoratning qulay (qulay) tizimlarini tashkil qilish; nazorat va sozlash tizimlarini 
markazlashtnrish) ; 
2. Shinam ishchi muhitini ta' minlash ( ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash) ; 
3. Ishning qulayligini ta’ minlash- bunda qulay bo'lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus 



Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish