Birinchidan,
global bog‗liqlik tamoyillari kuchaygan sayin jahon xo‗jalik
tizimining rivojlanishidagi nomutanosiblik tobora oshib bormoqda. Rivojlangan
mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlaktlardagi ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiy etish
ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi tafovut yanada ortib bormoqda.
Ikkinchidan,
mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi intensivligi turli-tuman
yo‗nalishlar, mezonlar bo‗yicha xilma–xil tarzda namoyon bo‗lmoqda. Bozor
iqtisodiyoti institutlarini barpo etishda umumiy o‗xshashliklar bo‗lsada, ularni
shakllantirishdagi yondoshuv va yo‗llar turlicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |