rivojlanayotgan mamlakatlarda real
sektorga joylashuvi, rivojlangan mamlaktlarda
o‗sayotgan investitsion jozibadorlik, umumiy makonning shakllanishi.
Shu bilan
birga, mehnat bozori ham xalqaro miqyos darajasida rivojlanmoqda, ya‘ni yuqori
daromad va yaxshi sharoitdagi ish joylarini topish
maqsadida ishchi kuchlarini
xalqaro miqyosdagi migratsiyasi ko‗lami kengaymoqda.
Iqtisodiy faoliyatni globallashuvi quyidagi asosiy yo‗nalishlarda rivojlanadi:
xalqaro savdo (tovarlar,xizmatlar,texnologiya,intellektual mulk), ishlab chiqarish
omillarini xalqaro harakati (kapital, ishchi kuchi), xalqaro moliyaviy operatsiyalar
(kreditlar–xususiy,
davlat,
xalqaro
tashkilotlar),
qimmatli
qog‗ozlar–
aktsiya,obligatsiya va boshqalar), ishlab chiqarishning moliyaviy insturmentlari–
fyuchers,optsionlar va boshqalar), valyuta operatsiyalari
8
.
Iqtisodiy globallashuvning asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat
9
:
moliyaviy globallashuv;
transmilliy korporatsiyalar faoliyatini globallashuvi;
xalqaro savdoni liberalizatsiyalashuvi;
iqtisodiyotni
regionalizatsiyalashuvi;
yetakchi mamlakatlarni informatsion iqtisodiyotga o‗tishi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotini rivojlanishida
mamlakatlarni regional
darajadagi iqtisodiy yaqinlashuvi va o‗zaro hamkorligi o‗ta muhim tendensiyadir.
Mamlakatlararo iqtisodiy integratsiyaning yuqori formasi iqtisodiy va valyuta
ittifoqlari bo‗lib hisoblanadi. Mazkur jarayonlar Yevropada (YeI) va Shimoliy
Amerikada (NAFTA) nisbatan rivojlangan.
Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar milliy, regional va xalqaro bozorlarni
birlashtiruvchi global strategiyasini realizatsiyasini amalga oshirish orqali xalqaro
xo‗jalik aloqalarini rivojlanishida yyetakchi rol o‗ynamoqdalar. Dunyodagi barcha
yirik transmilliy
korporatsiyalar tovarlar, xizmatlar eksport qilish
bilan birga,
tovarlar eksportidan ko‗ra manfatliroq bo‗lgan xolatlarda,odatda tovarlarni xorijda
ishlab chiqarish bilan shug‗ullanmoqdalar.
Shu bilan birga, transmilliy korporatsiyalarning boshqacha ko‗rinishida
bo‗lgan transmilliy banklar mamlakatlar o‗rtasida qimmatli qog‗ozlar va kreditlarni
katta oqimini shakllantirish orqali iqtisodiyotning globallashuvida jarayonida
mustaqil rol o‗ynamoqdalar
10
.
Shunday qilib, jahon xo‗jaligining o‗zaro aloqalarida ishlab chiqarishning
internatsionalizatsiyalashuvi va integratsiyalashuvi o‗z navbatida alohida bo‗lgan
milliy iqtisodiyotlarni o‗zaro aloqadorligi va yagona jahon xo‗jaligini
shakllanish
jarayonlarini kuchayishiga olib keldi.
8
Dolgov S.I. Globalizatsiya ekonomiki: novoe slovo ili novoe yavlenie? — M.: OAO ―Izd–vo ―Ekonomika‖. –
1998.–215 s.S.11.
9
Derkach T.V. Osnovnie napravleniya globalizatsii mirovoy ekonomiki. Naukoviy vіsnik mіjnarodnogo
gumanіtarnogo unіversitetu. № 6–2013.–103s.
10
Konina N.Yu. Konkurentosposobnost transnatsionalnix korporatsiy v usloviyax globalizatsii [Tekst] /N.Yu.Konina
//Avtoreferat dis. doktora ekonomicheskix nauk: Moskva,– 2010 [Elektronniy resurs] – Rejim dostupa
http://www.dissercat.com/content/ konkurentosposobnost.