26
milliy davlatlarni rolini qisqartirib, birinchi o‗ringa
transmilliy kompaniya va
banklar olib chiqdi. Bunday o‗zgarishlar natijasi davlatni tartibga soluvchi ko‗pgina
insturmentlari yo‗qolishi hamda monetar va fiskal chora-tadbirlari samaradorligini
pasayishiga olib keldi. Bu esa milliy moliya tizimi transformatsiyasi moliyaviy
globallashuv ta‘siri ostida ekanligi to‗g‗risida dalolat beradi
25
.
Moliyaviy
globallashuvning
oqibati
mazmunan
dunyodagi
barcha
mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy bog‗liqligini kuchayishi sharotida nazorat
qilinmaydigan kapital oqimining transchegaraviy harakatini anglatadi va
quyidagilarga olib keladi:
1.
Bir tomondan kapitalning transchegaraviy oqimi iqtisodiy o‗sishga olib
keladi (misol uchun to‗g‗rida–to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar va YaIM nisbatini 10
foizga ko‗payishi o‗rtacha 0,3 foiz iqtisodiy o‗sishga olib kelishi isbotlangan)
26
.
Boshqa tomondan kapital oqimining sezilarli o‗sishi joriy hisoblarni disbalansiga
sabab bo‗lishiga olib keladi. Xalqaro valyuta fondi tomonidan to‗lov balansi
joriy
hisoblar qoldig‗ini milliy moliya tizimi inqirozi ko‗rinishlarining indikatori sifatida
qarash bir necha bor taklif etilgan
27
. Bir vaqtda to‗lov balansi joriy hisoblari
qoldig‗i kattaligi bilan jahon moliya tizimi beqarorligi riski nafaqat milliy
davlatning o‗z to‗lov balansidagi defitsitni mustaqil ravishda boshqarish, balki bu
jarayonlarni nazorat qila olmaslik vaziyatini oshiradi.
2.
Global moliya bozorini faoliyatini ijobiy
tomoni riskni taqsimlanishi
bo‗yicha imkoniyatlarni kengayishi. Shu bilan bir vaqtda global moliya bozoridagi
inqiroz ko‗rinishlarini transmissiyasi tezroq bo‗ladi. Bunga misol qilib AQSh
ipoteka bozoridan boshlangan oxirgi jahon moliyaviy inqirozini keltirish mumkin.
3.
Globallashuv jarayonida Yevropa,Osiyo, Latin Amerika va yaqin sharqda
yangi iqtisodiy kuchlar paydo bo‗lmoqda. Ularning global savdo va moliyaviy
oqimlarga qo‗shayotgan ulushlari doimiy o‗sib borib,
bugungi kunda xalqaro
rezervlarni taxminan 1/3 qismi ushbu hududlarga to‗g‗ri keladi
28
.
Moliyaviy globallashuv turli xil va bir xil mazmunda bo‗lmagan iqtisodiy va
ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.
Moliyaviy globallashuvning ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:
turli xil ishtirokchilarning global moliya bozoriga kirishini
soddalashtiradi;
transchegaraviy moliya oqimlarini tartibga solishning ustmilliy tizimini
yaratish yo‗li bilan mamlakatlarning integratsiyasini tezlashtiradi;
jahon iqtisodli
yo
tining rivojlanishi manfaatlariga javob beruvchi ―yangi
moliyaviy arxitekturani‖
yaratadi, inqirozlarni bartaraf etadi va global moliya
bozorining yanada samarali faoliyat yuritishiga imkoniyat beradi;
25
Chugrov.S. Globalizatsiya, modernizatsiya ili internatsionalizatsiya? // Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie
otnosheniya.–2002–№4.
26
Putting Financial Globalization to Work. By Paolo Mauro and Jonathan D.Ostry. IMF Research Department.
August 16, 2007 // www.imf.org/external/ft/survey/so/2007/RES0816A.htm.
27
Challenges to the International Monetary System: Re–balancing Currencies, Institutions and Rates. Presenta–tion
by Mr. Takatoshi Kato. September 30, 2007 // www.img.org/external/np/speeches/2007/ 093007.
28
Remarks by Saleh M. Nsouli «What is the IMF doing to help countries maximize the benefits of globalization?»/
www.imf.org/external/np/speeches/ 2007/ 062907.htm.
moliyaviy axborotning ahamiyatini va uning global moliya bozori
ishtirokchilari uchun foydalanish imkoniyatini oshiradi;
moliya resurslari miq
yo
sini kengaytiradi;
qo‗shilish va yutilishlarni, kapitalning to‗planishini,
global transmilliy
korporatsiyalarning yaratilishini faollashtiradi;
xorijiy moliya resurslariga, texnologik va boshqaruv tajribasiga kirishini
soddalashtiradi;
global moliya bozori hukumatlarning va moliya institutlarining
shaffofligini ta‘minlovchi axborotning kompleks standartlarini joriy qilishga
imkon beradi;
xalqaro moliya institutlarining mavqeini mustahkamlaydi va global moliya
bozorining rivojlanishida
bozorlari shakllana
yo
tgan mamlakatlarning
ahamiyatini oshiradi.
Moliyaviy globallashuvning salbiy oqibatlarga quyidagilar kiradi:
moliyaviy globallashuvning ijobiy natijalarining rivojlangan va
rivojlana
yo
tgan mamlakatlar o‗rtasida notekis taqsimlanishi, bu kambag‗al va boy
mamlakatlar o‗rtasidagi farqning ortishiga olib keladi;
milliy iqtisodi
yo
tlarning holatini keskin
yo
monlashtirishga qodir bo‗lgan,
mamlakatlar o‗rtasidagi spekulyativ (chayqovchilik)
kapitalining katta
miqdorini tez ko‗chishi;
global moliya bozorida moliyaviy havf darajasining oshishi;
global moliya bozorining nobarqarorligiga olib keluvchi davriy jahon
moliyaviy inqirozlari.
Shubhasiz moliyaviy globallashuvning salbiy oqibatlari milliy hukumatlar va
ko‗p mamlakatlardagi jamoatchilikni doimo diqqat markazida bo‗lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: