Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘G‘risida


-§. Ixtiro ustuvorligini belgilash



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana11.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#443577
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
1329 22.03.2004hghfhfhfhf

18-§. Ixtiro ustuvorligini belgilash 


175. Sanoat mulki obektining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Agentlikka 
topshirilgan sana bo‘yicha belgilanadi. 
Agar talabnomada ixtironing ustuvorligi Qonunning 18-moddasi 
ikkinchi — to‘rtinchi 
qismlariga 
ko‘ra so‘ralmayotgan bo‘lsa, u holda ustuvorlik, tarkibida patent berish to‘g‘risidagi ariza, 
tavsif, formula va chizmalar, agar ular ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, bo‘lgan 
talabnoma Agentlikka topshirilgan sana bo‘yicha belgilanadi. 
Ko‘rsatilgan hujjatlar bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik eng oxirida topshirilgan 
hujjat kelib tushgan sana bo‘yicha belgilanadi. 
176. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik so‘ralayotgan holda quyidagilar 
tekshiriladi: 
talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo-davlatda topshirilgan birinchi 
talabnomaning nusxasi mavjudligi. Agar ko‘rsatilgan nusxa talabnoma Agentlikka topshirilgan 
sanadan keyin topshirilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnomaning nusxasi 
taqdim etilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi 
aniqlanadi (agar birinchi talabnomalar bir nechta bo‘lsa ko‘rsatilgan ko‘rsatilgan shartlar har bir 
talabnomaning nusxasi uchun bajarilishi lozim); 
talabnoma beruvchi tomonidan Agentlikka kelib tushishi lozim bo‘lgan konvensiya 
ustuvorligi so‘ralayotgan talabnoma, birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran o‘n ikki oylik 
muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi aniqlanadi. Agar talabnoma ko‘rsatilgan muddatdan 
kechiktirib, lekin u tugagan sanadan ikki oy o‘tmasdan kelib tushgan bo‘lsa, talabnoma beruvchi 
tomonidan talabnomani, ko‘rsatilgan o‘n ikki oylik muddatda topshirish uchun to‘sqinlik qilgan va 
unga bog‘liq bo‘lmagan shart-sharoitlar ko‘rsatib o‘tilganligi tekshiriladi hamda ularni hujjat bilan 
tasdiqlash zarurati aniqlanadi, bunday tasdiq bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatilgan muddatlar ushbu 
Qoidalarning 
9-§ ida
 belgilangan tartibda hisoblanadi
konvensiya ustuvorligini belgilash to‘g‘risidagi ariza talabnoma Agentlikka kelib tushgan 
sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilishi; 
talabnoma berilgan ixtiro birinchi talabnomada ochib berilganligi. 
177. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini xuddi o‘sha talabnoma 
beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan qo‘shimcha materiallar 
bo‘yicha belgilash so‘ralayotgan holda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi: 
sanasi bo‘yicha ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma, Agentlikka qo‘shimcha materiallar 
talabnoma berilgan ixtiro mohiyatini o‘zgartirishi tufayli e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi 
bildirishnoma talabnoma beruvchiga jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kelib tushishi 
lozimligi. Qo‘shimcha materiallarni ixtiro mohiyatini o‘zgartiradi deb tan olish haqidagi xulosaga 
talabnomani ekspert kengashida ko‘rib chiqish natijasida kelingan va bayonnomada qayd etilgan 
holda, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma beruvchiga 
(uning vakiliga) bayonnoma nusxasi jo‘natilgan yoki bevosita qo‘liga berilgan sanadan hisoblanadi; 
kelib tushgan sanasi bo‘yicha ustuvorlik so‘ralayotgan qo‘shimcha materiallarda 
(qo‘shimcha materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) 
talabnoma berilgan ixtiro mohiyati ochib berilgan bo‘lishi lozim. 
178. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini Agentlikka bir muncha ilgariroq 
topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash so‘ralganda quyidagi talablarga rioya 
qilinganligi tekshiriladi: 
bunday ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma xuddi o‘sha avvalgi talabnomani topshirgan 
talabnoma beruvchi tomonidan topshirilishi lozimligi;
bunday ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma Agentlikka avvalgi talabnoma topshirilgan 
sanadan 12 oy mobaynida kelib tushishi lozimligi; 
talabnoma berilgan ixtiro mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada ochib berilgan 
bo‘lishi lozimligi; 
avvalroq topshirilgan talabnoma bo‘yicha undan ilgariroq ustuvorlik so‘ralmagan bo‘lishi 
lozimligi. 


Ustuvorlik bir necha avvalroq topshirilgan talabnomalar bo‘yicha so‘ralganda ko‘rsatilgan 
talablarga rioya qilinganligi ularning har biriga nisbatan aniqlanadi. 
Ko‘rsatilgan ustuvorlik so‘ralganda avvalroq topshirilgan talabnoma (yoki hammasi, agar 
ular bir nechta bo‘lsa) chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar 
beriladi. 
179. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini ajratilgan talabnoma bo‘yicha 
belgilash so‘ralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi: 
ajratilgan talabnoma Agentlikka ixtiroga yoki foydali modelga birinchi talabnoma bo‘yicha 
ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul 
qilingunga qadar (ya’ni talabnoma bo‘yicha ish yuritishni davom ettirish mumkinligi davrida) yoki 
birinchi talabnoma bo‘yicha patent berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan holda ixtiro yoki foydali 
modelni O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish sanasigacha 
kelib tushishi lozim; 
birinchi talabnoma ajratilgan talabnomani topshirish sanasigacha chaqirib olinmagan 
bo‘lishi va chaqirib olingan deb hisoblanmasligi lozim; 
ajratilgan talabnomada berilgan ixtiro mohiyati avvalgi talabnomada, agar talabnoma 
konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi bo‘yicha 
so‘ralayotgan bo‘lsa, birinchi talabnomada ochib berilgan bo‘lishi lozim. 
180. Ushbu Qoidalarning 
176 — 179-bandlariga 
muvofiq ixtiro ustuvorligini belgilash 
shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda, asosida ustuvorlik so‘ralayotgan talabnoma yoki 
ustuvorlik so‘rash uchun asos bo‘lgan qo‘shimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmagan 
va chaqirib olingan deb hisoblanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. 
181. Ustuvorlik so‘rash uchun asos bo‘lgan avval berilgan materiallarda (avval topshirilgan 
talabnomada, qo‘shimcha materiallarda) talabnoma berilgan ixtiro mohiyati ochib berilgan bo‘lishi 
lozimligi bilan bog‘liq talabga rioya qilinganligini belgilashda quyidagilar tekshiriladi: 
ushbu materiallarda (avval topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasida, qo‘shimcha 
materiallarning matnli qismida) talabnoma berilgan ixtironing formulasiga kiritilgan barcha belgilar 
ko‘rsatilganligi; 
so‘ralayotgan ustuvorlik sanasida bu materiallarda ixtiro mohiyati amalga oshirish uchun 
yetarli darajada ochib berilganligi. Konvensiya ustuvorligi so‘ralayotgan holda ushbu shartning 
bajarilganligini tekshirishda talabnoma beruvchiga Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan 
birinchi talabnomaning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasini taqdim etish taklif qilinishi mumkin. 
182. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar talabnomaning mohiyati 
bo‘yicha ekspertizani tugallash uchun to‘sqinlik qilmasa, ular talabnomani ko‘rib chiqish bilan 
bog‘liq boshqa savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi. 
183. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 
176 — 179-bandlarida 
ko‘rsatilgan talablar bajarilgan holda talabnoma berilgan ixtiroga nisbatan so‘ralgan ustuvorlik 
belgilanadi. 
184. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 
176 — 179-bandlarida 
ko‘rsatilgan talablarning birortasi bajarilmagan holda, ixtiro ustuvorligi Qonunning 18-moddasi 
birinchi qismiga
 muvofiq talabnoma Agentlikka topshirilgan sana bo‘yicha belgilanadi. 
185. Ustuvorlik belgilangandan so‘ng talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing 
o‘zgartirilgan fomulasi taqdim etilgan holda, so‘ralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar 
mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish o‘tkaziladi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish