§ 31. Xalqaro talabnomaning mohiyati bo‘yicha ekspertizasi
294. Xalqaro talabnomaning mohiyati bo‘yicha ekspertizasi ushbu Qoidalarning
17 — 22
,
24
,
25 paragraflariga
muvofiq o‘tkaziladi.
RST shartnomasining 27(5) moddasiga muvofiq texnika taraqqiyoti darajasini aniqlash va
talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatlik shartlariga muvofiqligini tekshirishda Agentlik
Qonun va ushbu Qoidalarning tegishli talablariga amal qiladi.
295. Mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda qo‘shimcha ravishda quyidagilar amalga
oshiriladi:
xalqaro talabnomani milliy fazaga o‘tkazishda talabnoma beruvchi tomonidan taqdim
etilgan ixtiro formulasini, agar u mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgunga qadar o‘zgartirilgan
bo‘lsa, o‘zgartirilgan ixtiro formulasini ushbu Qoidalarning
174-bandiga
muvofiq tekshirish;
talabnoma hujjatlariga o‘zgartishlar qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadigan qo‘shimcha
materiallarni ushbu Qoidalarning
22 §iga
muvofiq tekshirish.
296. Mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda Yo‘riqnomaning 13 qoidasiga muvofiq ixtiro
birligi talabi buzilganligi aniqlangan holda, RST shartnomasining 27(4) moddasiga ko‘ra ixtiro birligi
talabiga mosligi ushbu Qoidalarning
4-bandiga
muvofiq o‘tkaziladi. Agar ushbu Qoidalarning
4-
bandiga
muvofiq tekshirish natijasi ijobiy bo‘lgan holda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Agar talabnoma beruvchi RST shartnomasi va Yo‘riqnoma talablarini qo‘llashni qat’iy talab
qilsa, yakuniy xulosa ixtiro birligi talablarini Yo‘riqnomaga muvofiq tekshirish natijalari bo‘yicha
talabnoma beruvchi tomonidan asos va dalillarni hisobga olgan holda chiqariladi.
297. Agar xalqaro talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan milliy fazaga RST
shartnomasining 19-moddasiga muvofiq o‘zgartirilgan va BIMT Xalqaro byurosi tomonidan xalqaro
talabnoma bilan birga yoki unga qo‘shimcha ravishda, va/yoki RST shartnomasining 34-moddasiga
muvofiq o‘zgartirilgan formula, tavsif, chizmalarni hisobga olgan holda chop etilgan hamda Halqaro
dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan ixtiro formulasini hisobga olgan holda
o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu o‘zgartishlar xalqaro talabnomaning birinchi materiallari doirasidan chiqib
ketmaganligi tekshiriladi, bunday materiallar sifatida xalqaro topshirish sanasida talabnoma tarkibida
mavjud bo‘lgan materiallar hisobga olinadi.
Xalqaro talabnomaga milliy fazada kiritilgan (xususan, Agentlikka xalqaro talabnomaning
o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi bilan bir vaqtda taqdim etilgan) o‘zgartishlarni tekshirish Qonunga va
ushbu Qoidalarning
22 §iga
muvofiq o‘tkaziladi.
Xalqaro talabnomaga kiritilgan o‘zgartishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligini tekshirishda
Agentlik zarur hollarda talabnoma beruvchidan xalqaro topshirish sanasida xalqaro talabnoma
tarkibida mavjud bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
298. Qonunning 20 moddasi
2
va
3-qismlariga
muvofiq talabnoma beruvchining o‘z
tashabbusiga ko‘ra xalqaro talabnomaga boj to‘lamasdan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish huquqi
bo‘lgan muddat xalqaro talabnomani Qonunga muvofiq ko‘rib chiqish boshlangan sanadan e’tiboran
hisoblanadi.
Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish
qoidalariga
1-ILOVA
Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish
qoidalariga
2-ILOVA
Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish
qoidalariga
3-ILOVA
Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish
qoidalariga
4-ILOVA
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining 2005-yil 30-martdagi 27-son buyrug‘iga muvofiq
xatboshi to‘ldirilgan, (27.04.2005-y 1329-1-son) — 2005-y., 17-18-son, m. 136), O‘zbekiston Respublikasi
Davlat patent idorasining 2011-yil 26-avgustdagi 26-son buyrug‘iga muvofiq xatboshi to‘ldirilgan,
(30.09.2011-y 1329-3-son) — 2011-y., 40-son, m. 429)
Do'stlaringiz bilan baham: |