16
qatoriga mansub bo‘lgan ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.
Yuqorida ta’kidlaganidek, inson faoliyatining tabiatga ta’siri tarkibiy
davrlar davomida muntazam va uzluksiz ravishda orta bordi. Ammo
insoniyat tarafida tabiatga ta’sirining misli ko‘rilmagan darajada keskin
kuchayishi fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyoti
insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatuvchi qudratini
oshishiga va uning
natijasida ishlab chiqarish va ilmiy-texnik faoliyatini ekologik
miqiyoslarda bo‘lishni ta’minlaydi. Shu sababli ekologik muammolar
inson hayoti tarzini fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan omillar
– industrializatsiya va urbanizatsiya, energitika xom ashyo va
resurslarning
kamayishi, tabiiy denamik muvozanat (biosferadagi o‘z-
o‘zini
boshqarish
mexanizmi)ning
muhim
tabiiy
sifatining
yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir. Fan-texnika
taraqqiyoti sharoitlarida jamiyat rivojlanishining shart-sharoitlari
bo‘lgan tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy
muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi
ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ekologik
muammolar «… milliy
va mintaqaviy doiradan chiqib, butun
insoniyatning umumiy muammosiga aylangan» (Karimov I.A. 1997 yil
112-sahifa).
Tabiat va inson muayyan qoniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi.
Tabiat resurslardan oqilona foydalanishni asosiy sharoitlarini tabiat
qonunlarini bilish va ularni inson faoliyatini tashkil etishda hisobga
olish, ishlab chiqarish darajasini resurslar salohiyati va tabiiy muhitning
imkoniyatlariga mos keltirish va shuningdek,
tabiatni inson faoliyati
ta’siri ostida o‘zgarishini yaqin kelajakka va istiqbolga mo‘ljallangan
bashoratlarni ishlab chiqishni tashkil etadi.
Tabiat kishilarning barcha moddiy, ma’naviy va estetik
ehtiyojlarini qondirish manbaigina emas, balki o‘zining tuzilishi va
rivojlanishi qonuniyatlari to‘g‘risida axborot
beradigan yagona manba
hamdir. Shu sababli ekologik xavf-xatarlarni bartaraf qilish hamda
ekologik
muammolarning
optimal
yechimini
topishni
tabiat
qonuniyatlarini teran o‘rganishni taqozo etadi.
Insoniyat tabiatni o‘zgartirishi va uni o‘z maqsadlariga
moslashtirishi – bu ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat. Ammo bunday
o‘zgartirishlar tabiat qonuniyatlarini bilgan holda amalga oshirilmog‘i
lozim. Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish
qonuniyatlarini hisobga olmasdan jadal yuritayotgan xo‘jalik faoliyati
17
tufayli tabiiy muhitning buzilishi va ko‘pgina hollarda sifat jihatdan
yomonlashuviga olib kelmoqda.
Tabiiy muhit holatining yomonlashuvi jamiyat va tabiat o‘zaro
ta’sirining yangi shakli bo‘lgan tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish
zaruriyatini vujudga keltirdi. Ana shu maqsadlarda dastavval tabiatning
noyob, diqqatga sazovor bo‘lgan ob’ektlari, tabiat yodgorliklari,
hayvonot dunyosining kamayib borayotgan turlari saqlash shaklda
muhofaza qilina boshlandi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgan
holda tabiat boyliklaridan ko‘plab foydalanish
tabiatni muhofaza
qilishning yangi turini, ya’ni tabiiy resurlardan (fransuzcha – ressources
– boylik, zahiralar, manbalar) oqilona foydalanishni taqozo etdi. Tabiat
resurslaridan oqilona foydalanishda tabiatni muhofaza qilish masalalari
tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik faoilyati jarayoniga
qo‘shilib ketadi.
Ishlab chiqarish miqyoslarining o‘sishi insonning tabiatga, ya’ni
o‘zining hayotiy muhitga nomaqbul oqibatlarini keltirib chiqaradigan
ta’sirining tobora kuchayishiga olib keldi.
Buning natijasida insonning
hayoti va salomatligi, hozirgi va bulg‘usi avlodlarning manfaatlari xavf
ostiga qola boshladi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilishning bu shakli
markazida insonning o‘zi, uning salomatligi, yashashi va mehnat qilishi
uchun sog‘lom va qulay muhitga haq-huquqining borligi turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: