MAVZU:TANANI RIVOJLANTIRISH UCHUN MAXSUS
MASHQLAR. QO’L TO’PI O’YINI TTEXNIKASI
Reja.
1.Jismoniy tarbiya va sportdagi fiziologik holatlar.
2. Qo’l to’pida o’yin texnikasi.
3. Qo’l to’pida hujum va himoya texnikasi.
4. Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlari.
5 O’yinda to’pni olib qo’yish usullari.
1.Jismoniy tarbiya va sportdagi fiziologik holatlar
Bu holat jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va musobaqalar
oldidan shartli refleks mexanizmi asosida kechadi. Asab
tarmog‘ining o‘yg‘onishi va jo‘shqinlik tonusini kuchayishi,
ichki organlar faoliyati organizmni bo‘lajak
mashqlarga
tayyorgarligini oshiradi.
Start sarosimasi (lixoradka) jismoniy va psixologik tayyorligi
past bo’lgan sportchilarda bo’ladi. Bu holat jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari va mashqlari oldidan shartli refleks asosida
kechadi.Haddan tashqari hayajonlanish
keyinchalik markaziy
asab tarmogining tormozlanish jarayoni bilan almashadi. Bu
ichki organlarning faoliyatini pasaytirishga olib keladi,
oqibatda sport natijalari tezda yomonlashadi.
Start loqaydligi musobaqalar oldidan asab tarmoqlari
uyg‘onishi va jo‘shqinlik tonusining pasayib ketishi bilan
ifodalanadi. Bu holat sportchining
jismoniy imkoniyatini
amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi.
Toliqish. Uzoq vaqt davom etgan ishdan, energetik manbaning
kamayishidan, ovqatlar moddasi almashinuvi va asab
jarayonlarining dinamik buzilishi tufayli kelib chiqadi.
Toliqish
holatining qaytarilib turishi, mehnat va dam olish
tartibining buzilishi, toliqish qoldig’ining odam organizmida
saqlanib qolishiga sabab bo’ladi.
Jismoniy mashqlar bilan
noto‘g‘ri shug‘ullangandagi toliqish - bu toliqishning saqlanib
qolish holati bo’lib, mashg‘ulot jarayonlarini, kun tartiblarini
buzish natijasida paydo bo’ladi.
Turish (o‘lik, jonsiz) nuqtasi. Qattiq toliqishning bir shakli.
Sport bilan kam shug‘ullangan
odam jismoniy ishlarni
bajarganda sodir bo’ladigan holat. Bu ishni bajarishga odam
hali tayyor emasligini ko‘rsatadi. Bu holatning asosiy belgilari
- harakat koordinatsiyasining buzilishi,
pulsning va nafas
olishning tezlashishi, bosh aylanishi, nafas qisilishi,
ishni
to’xtatishga xohishining paydo bo‘lishi.
Q o‘shimcha kuch deb turish holatidan so‘ng katta iroda kuchi
tufayli sportchi bajarayotgan ishini davom ettirishiga aytiladi.
Bunda asta-sekin jo’shqinlik dinamikasi, markaziy asab tizimi,
ter bilan ovqatlar modda almashinuvi o‘z
joyiga tushadi va
sportchi o‘zini yaxshi his qila boshlaydi