O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
Madhiya-“madh”, “maqtov” so`zidan kelib chiqqan. Madhiya-gimn o`z
mustaqilligiga ega bo`lgan har bir mamlakatning alomati, ramzi. Madhiya tarixi
qadim zamonlarga borib taqaladi. Diniy, jangovar mazmunga ega bo`lgan
madhiyalar ham ma‟lum.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi (matni va musiqasi)
tanlovida so`zini shoir Abdulla Oripov, musiqasini bastakor Mutal (Mutavakkil)
Burhonov yozgan madhiya g`olib chiqdi va o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi (1992-yil 10-dekabr) da O`zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi tantanali damlarda ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |