Grammatik topshiriqli diktant
1-namuna.
O`qituvchi ertakni o`qib beradi, o`quvchilar yozadilar. Undagi
o`tgan zamon hikoya fe‟li va o`tgan zamon aniq fe‟lini aniqlaydilar.
Ikki bug`u
(ertak)
Kunlarning birida ikki bug`u o`tloqda yurib, jilg`a bo`yida o`sgan maysani
talashib qolishibdi.
- Men avval keldim, u meniki, - debdi bittasi.
Ikkalasi suzisha boshlabdi. Uzoqdan chopib kelib, bir-biriga qars-qars shox
tashlayverishibdi. Oxiri ularning shoxlari bir-biriga chalishib qolibdi. Nihoyat,
butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham kuchlari qolmay, taxtaday qotib
turaveribdi. Shu yaqindan o`tib ketayotgan ovchilar ularni ko`rib, behad xursand
bo`lishibdi va ikkala urushqoqni aravaga ortib olib ketishibdi.
2-namuna.
Matnni o`qing. Sifatlarni toping va tagiga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |