Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

LEYKOTSITLAR
Leykotsitlar 
qonning 
maxsus 
pigmentga 
ega 
bo’lmagan 
yadroli
hujayralaridir. Rangsiz bo’lganidan, oq qon tanachalari, deb ham atashadi.
Sog’lom odamning 1 mm
3
qonida 4000-9000 leykotsit uchraydi. Ularning soni
doimo bir xilda turmaydi. Fiziologik sharoitlarda organizmning faollik holatiga,
tun va kunga, hamda boshqa omillarga bog’liq holda leykotsitlar soni o’zgarib
turadi. Leykotsitlar soni 10000 dan oshib ketganda leykotsitoz to’g’risida, 4000
dan kamayib ketganda, leykopeniya to’grisida gap yuritish mumkin.
Fiziologik va reaktiv leykotsitozlar tafovut qilinadi. Ovqatlanish, jismoniy
mehnat qilish, qattiq hayajonlanish, biror joyning juda og’rishi periferik qonda
leykotsitlar sonining ko’payishiga olib keladi. Bu lekotsitoz organizmdagi oq
qon tanachalarining qayta taqsimlanishi natijasi hisoblanadi. Taloq, ko’mik,
o’pkada bo’lib, qon aylanishida ishtirok etmagan leykotsitlar aytib o’tilgan
omillar ta’sirida qonga o’tadi va soni ortadi. Reaktiv leykotsitoz esa qon yaratish
a’zolaridan ko’p miqdorda uncha yetilmagan leykotsitlarning ajralishiga bog’liq.
Leykotsitozning bu turi ko’pincha o’tkir yallaig’lanishning belgisi bo’ladi.
Leykopeniya ba’zi kuchli toksinlar ishlab chiqaradigan mikroblar paydo
qilgan kasalliklarning alomati hisoblanadi. Radioaktiv nurlanish, zaharli
moddalarning surunkali ta’siri ham leykopeniyaga olib keladi.


Leykotsitlarning barcha turlari amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga ega.
Ba’zi kimyoviy ta’sirlovchilar leykotsitlarni o’ziga tortadi. Ular kapillyarlar
devoridan o’tib, shu ta’sirlovchilar (mikroblar, organizmning yemirilayotgan
hujayralari, yot tanachalar va boshqalar) tomon harakat qiladi. Bu hodisaga
musbat xemotaksis, deyiladi. Shikastlovchi omillarga yetib borgach, leykotsitlar
ularni o’z sitiplazmasi bilan qamrab olib, fermentlar yordamida parchalaydi -
faot ro’y beradi. Yakka leykotsit 15-20 ta mikrob hujayrasini qamrab olishi
mumkin. Fagotsitozdan tashqari, leykotsitlar organizm himoyasi uchun muhim
bo’lgan bir qator moddalarni ajratadi. Bu moddalar bakteriyalarga, toksinlarga
qarshi xossalarga ega bo’lgan antntelolar, hamda jarohatlarning bitishini
tezlashtiruvchi omillar bo’lishi mumkin.
Leykotsitlar qobig’i yuzasiga ba’zi moddalarni biriktirib olib, ularni kerakli
joyga yetkazadi.
Protoplazmasida turli bo’yoqlarga bo’yaladigan zarrachalar bor-yo’qligiga
qarab, leykotsitlar ikkita guruhga bo’linadi: granulotsitlar (donali leykotsitlar) va
agranulotsitlar (donasiz leykotsitlar).
Donali leykotsitlar barcha leykotsitlar umumiy sonining 60% ini tashkil
etadi. Donalari kislotali (eozin), asosiy va neytral bo’yoqlar bilan bo’yalishiga
qarab, ularni eozinofillarga, bazofillarga va neytrofillarga bbo’linadi.
Limfotsitlar va monotsitlar donasiz leykotsitlardir. Leykotsitlarning turlari
o’rtasida ma’lum nisbat saqlanadi. Leykotsitlarning turlari o’rtasidagi foiz
birligida ifodalangan nisbatga leykotsitar formula yoki leykogramma, deyiladi
(6-jadval).
6-jadval
Katta yoshli odamning leykotsitar formulasi
Granulotsitlar
Agranulotsitlar
1. Neytrofillar – 50-70%
1. Limfotsitlar – 20-40%
2. Eozinofillar – 1-5%
2. Monotsitlar – 2-10%
3. Bazofillar – 0-1%
Eozinofillar (1-5%0 oqsil tabiatli toksinlarni va yot oqsillarni parchalaydi,
hamda zararsizlantiradi. Allergiya holatida, masalan, ichakda gijja ko’payib
ketganda, organizmda autoimmun jarayonlar rivojlanganda, eozinnofillar soni
ko’payadi. Qonda kortikosteroid gormonlarning miqdori oshganda, eozinofillar
soni kamayadi.
Bazofillar (0-1%) protoplazmasida uchraydigan katta-katta donalarda geparin
va gistamin bor. O’tkir yallig’lanishning regenerativ (yakunlovchi) bosqichida
qondagi bazofillar soni oshadi. Geparin qonning mayda tomirlarda ivishiga yo’l
qo’ymaydi, gistamin esa bu qon tomirlarni kengaytiradi. Bu esa yallig’lanish
o’choqlarida so’rilish va bitish jarayonlariga yordam beradi.


Yog’li ovqat iste’mol qilingandan keyin bazofillar soni ortadi. Ularga bog’liq
bo’lgan geparin lipolizni tezlashtiradi, ko’p miqdorda so’rilgan yog’
parchalanadi va plazmada erkin yog’ kislotalari konsentratsiyasi ortadi.
Bazofillarning umri taxminan 12 soat.
Neytrofillar (70%) qonda 6-8 soat aylanib, amyoba singari harakat qilib,
shilliq pardalarga o’tadi. Organizmda mikroblar kirgan joyga neytrofillar
to’planadi. Ular mikroblar bilan to’qnashib, mikroblarni o’rab oladi. Bir
neytrofil 15-20 ta bakteriyani qamrab, lizosomasidagi fermentlar (proteaza,
peptidaza, dezoksiribonukleaza, lipaza) yordamida hazm qiladi va yo’qotadi.
Agar neytrofil bu ishni bajara olmasa, o’zi halok bo’ladi. Yiring asosan
neytrofillar va ularning qoldiqlaridan iborat. Neytrofillar – nospetsifik
immunitetning eng muhim qismi. Ular mikrob va yot oqsillarga qarshi
antitelolar ishlab chiqarish yoki o’z membranasiga biriktirib olish qobiliyatiga
ega.
Neytrofillar yordamida odamning jinsini aniqlash mumkin. Odamda ayol
genotipi bo’lsa, 500 neytrofilning kamida 7 tasida “nog’ora tayoqchalar”
uchraydi. Tayoqchalarning uchi diametri 1,5-2 mkm li dumdloq shish bo’lib,
ingichka xromatin ko’prikcha yordamida yadroning bir segmentiga bog’langan.
Jinsning bu belgisi jinsiy a’zolar anomaliyasida to’gri davolash usulini tanlashda
yordam beradi.
Limfotsitlar (20-40%) ko’pgina a’zolarda, chunonchi, limfa tugunlarida,
taloqda, ayrisimon bezda, bodomcha bezlarida, ko’richakda, ichakning shilliq
pardasida, ko’mikda rivojlanadi. Bu hujayralarning yadrosi yirik, atrifidagi
protoplazma yupqa bo’ladi. Odam qonida bir necha xil limfotsitlar uchraydi.
Ular ko’mikdagi limfoid hujayralardan rivojlanib, qon orqali o’zlari
differensiatsiya 
bo’ladigan 
(yetiladigan) 
to’gimalarga 
yetkaziladi.
Limfotsitlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, ko’paya
boshlaydi. Timusda yetilgan limfotsitlar T-limfotsitlar deb ataladi. Ular qondagi
limfotsitlarning ko’p qismini (60%) tashkil qiladi (32-rasm).
T-lifotsitlar o’z navbatida T-killerlar va T-xelperlarga bo’linadi.
Limfotsitlarning ozroq qismi boshqa a’zolarda rivojlanadi. Qushlarda bu
a’zolarga fabritsiy xaltasi (bursa), sut emizuvchilarda ingichka ichakda va ko’r
ichakda joylashgan limfa tugunlari, bodomcha bezlar kiradi. Bu a’zolarda
rivojlanub, yetilgan limfotsitlar B-limfotsitlarni tashkil qiladi.
Limfoid hujayralarning bir qismi differensiatsiyaga uchramaydi. Ular
limfotsitlarning 10-20% iga teng 0 guruhni tashkil qiladi. Zarurat tug’ilganda bu
tanachalar T-va B-limfotsitlarga aylanadi. Umuman limfotsitlar makrofag,
fibroblast, monotsit va to’qimalar tiklanishida ishtirok etuvchi boshqa
hujayralarga aylanishi mumkin. B-limfotsitlar organizmga tushgan antigenlarga
(yot oqsil, toksinlarga) qarshi antitelolar hosil qiladi. Antitelolar antigen bilan
birikib, ularning fagotsitoz yo’li bilan yo’qotilishini tezlashtiradi.
Odam organizmida antitelolardan tashqari, yana bir qator gumoral immunitet
omillari bor. Ko’pgina to’qima va suyuqliklarda lizotsim uchraydi. U hujayra


membranasini yemirib, halokatga olib boradi. Sog’lom odamning qon
plazmasida oqsilsimon omil – properdin uchraydi. U bakteritsid va viruslarga
qarshi xususiyatlarga ega.
Hujayralarda interferon degan suvda eruvchi oqsil ishlanadi. Interferon
organizmda viruslarning ko’payishiga yo’l qo’ymaydi.
Antitelolar gumoral immunitatning spetsifik omillari bo;lsa, lizotsim,
properdin, interferonlar bu tizimning nospetsifik omillari hisoblanadi.
Organizmda hujayra immun tizimi ham mavjud. Bu tizim faoliyatida
immunokompetent T-limfotsitlar asosiy rol o’ynaydi.
Organizmda antigen paydo bo’lishi bilan limfotsitlar u tomonga oshiqadi.
Membranasida 
antigenlarni 
tanuvchi 
maxsus 
retseptorlar 
bor. 
Bu
retseptorlarning xili shunchalik ko’pki, tabiatda uchraydigan antigenlarning
hammasiga mos kela oladi. Ular ta’sirida limfotsitlar faol holatga o’tib, zudlik
bilan bo’lina boshlaydi va qisqa vaqt ichida juda ko’payib ketadi. Paydo bo’lgan
yangi limfotsitlar bajaradigan vazifasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Ularnning
bir turi (limfotsit-effektorlar) antigenga hujum qilib, uni yemiradi. Antigenning
limfotsit-effektor bilan birikishiga T-xelperlar (yordamchilar) yordam beradi.
Ikkinchi turdagi limfotsitlar – plazmatik hujayralar antitelolar ishlab chiqaradi.
Bu antitelolar antigenni zararsizlantiradi yoki parchalaydi. Uchinchi turdai
limfotsitlar – xotira hujayralari jangda ishtirok etmaydi. Ularning vazifasi shu
antigenni eslab qolish va ikkinchi marta organizmda paydo bo’lsa, ishonchli
mudofaani ta’minlashdan iborat.
Xotira hujayralar ona-limfotsitdan yetukroq bo’ladi. Muayyan antigen
ikkinchi marta paydo bbo’lsa, xotira hujayralari tez bo’lina boshlaydi. Ulardan
ham plazmatik hujayralar va limfotsit-effektorlar vujudga keladi. Ammo bu
jarayon birinchi galdagidan tezroq sodir bo’lgani uchun antigen hujumi qisqa
vaqtda bostiriladi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, limfotsitlar organizmning o’z
hujayralaridan mutatsiya sababli paydo bo’lgan yot hujayralarni ham topib,
yemiradi. Har lahzada odam organizmida bunday hujayralardan bir necha
million bo’ladi. Mutatsiyaga uchrab, organizm uchun yot bo’lib qolgan
hujayralar yo’qotilmasa, tez ko’payib, shish paydo bo’lishiga olib keladi.
Demak, limfotsitlar organizmning hujayra barqarorligini saqlanib turishini ham
ta’minlaydi.
Limfotsitlar jarohatlangan to’qimalarning tiklanishida bevosita qatnashadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish