SAYYOR VA SIMPATIK NERVLARNING
YURAKKA TONIK TA'SIRI
Ko'pchilik sut emizuvchilarda, jumladan odamda ham, qorinchalar faoliyati
faqat simpatik nerv nazoratida bo'ladi. Bo'lmachalar va sino-atrial tugunga esa
simpatik va sayyor nervlar doim antogonistik ta'sir o'tkazib turadi. Bu
antogonizm nervlarni xirurgik yoki farmakologik yo'l bilan qirqilganda
namoyon bo'ladi.
Parasimpatik nervning ta'siri yo'qotilganda yurakning qisqarishlar soni 40-
50% ortadi. Simpatik nervlar ta'siri yo'qotilsa, yurakning qisqarishlari soni
sezilarli darajada siyraklashadi. Simpatik va parasimpatik nervlarning yurakka
o'tkazadigan doimiy ta'siri ularning tonusi deb ataladi. Mutlaqo denervatsiya
qilingan yurakning qisqarishlar chastotasi tinch holatdagi mo'tadil yurakning
qisqarishlari chastotasidan yuqori. Demak, parasimpatik nerv tonusi simpatik
nerv tonusidan ustun.
Do'stlaringiz bilan baham: |