Hayz va nifosli ayolga harom narsalar
1. Namoz o‘qimaydi.
2. Ro‘za tutmaydi.
3. Jome’ va masjidlarga kirmaydi.
4. Ka’bani tavof qilmaydi.
5. Qur’ondan to‘la bir oyat o‘qimaydi.
6. Qur’ondan bir oyatga qo‘l tekkizmaydi.
7. Jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.
8. Hayz va nifosli ayollarning ta’qiqlangan joylari (kindik bilan tizza orasi)ga yalang‘och
holda erlari teginmaydi.
Hayzli va nifosli ayollar jome’ va masjidlarga kirmaydilar
Hayzli, nifosli yoki janobat bo‘lgan ayolning xoh o‘tirish uchun, xoh ibodat qilish uchun
bo‘lsin, masjidga kirishi haromdir.
Hayzli yoki janobat bo‘lganning qabrni ziyorat qilishiga to‘sqinlik yo‘q.
Hayz, nifos va junubning jome’ va masjidlarga kirolmasligini hazrat Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) marhamat qilganlar: “Junub va hayz hollarida bo‘lganning masjidga kirishini
halol ko‘rmasman”.
Do'stlaringiz bilan baham: |