Oyatdagi ayolga ehtiyojsizlar kimlar?
Oyati karima ayolga ehtiyoji bo‘lmagan erkaklarni erkaklik hukmidan istisno etgan. Ayol
neligini bilmagan, ayolga nisbatan xohishsiz, aqlsiz erkaklar qarshisida ziynatlarini
ochishda hech bir gunoh yo‘q. Chunki, bular ayollarga yomon ko‘z bilan qaray
olmaydilar. Oyatdan sahih ma’no chiqarilishi va oyat maqsadini aniqlash uchun ba’zi
sahobiy, tobein va mufassirlarning oyat tafsiri xususidagi qarashlarini keltiramiz:
Ibni Abbos (r.a.) fikriga ko‘ra, “ehtiyoji bo‘lmagan”dan murod ayollarga hech ehtiyoji
qolmagan erkaklardir.
Abu Qatoda (r.a.) fikriga ko‘ra, faqat qorin to‘ydirish uchun uyga kelgan erkaklardir.
Bu xususda bir necha qarash bor. Bularning hammasi oyatdagi “ehtiyoj
bo‘lmagan”lardan murod, yo erkaklik kuchini yo‘qotgan, jinsiy quvvat va xohishi so‘ngan
yoki jinsiyat sohasida hech narsa tushunmaydigan aqli nuqsonli erkaklarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |