O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


-Mavzu: Qadimgi Rim-Italiya san‘ati



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/77
Sana11.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#442631
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
Bog'liq
pdffox.com ozbkistn-rspubliksi-liy-v-ort-mxsus-tlim-vzirligi

 
8-Mavzu: Qadimgi Rim-Italiya san‘ati. 
Reja: 
1.Italiya antik madaniyatning so’nggi o’chog’i 
2.Etruriya san‘ati va madaniyati. 
3.Qadimgi Rimda san‘atning shakllanishi. 
a) tasviriy san‘at, rassomchilik va amaliy san‘at. 
Adabiyotlar: 
1.Soxoev.G.I Isskustvo drevnego Rima. M.1971g 
2.San‘atshunoslik masalalari.Ilmiy maqolalar to’plami 
3.Abdullaev N. San‘at tarixi T. O’qituvchi. 1986 y. 
4.Abdullaeva N.D. San‘at tarixi. T. O’zbekiston 2006 y 
5.Fozila Sulaymonova Sharq va G’arb tarixi T. 
Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Bumerang”, Munozara” ) 
foydalaniladi.


34 
Qadimgi Italiya san‘ati 
Antik madaniyatning so’ngti uchog’i Italiyadir. Bu yerda eramizdan avvalgi 3-2 minginchi 
yillarda shaharlar mavjud bo’lgan. Me‘morlik qoldiqlari, temirdan, bronzadan yasalgan mehnat qurollari, 
zebu ziynat buyumlari shundan dalolat beradi. Italiyada bir qancha qabilalar yashagan. Shulardan biri 
italiy qabilalari bo’lib, ular yashagan yerlarni (hozirgi Rim atrofi), Italiya deb ataganlar. Keyinchalik 
butun Apenin oroli Italiya deb yuritila boshlagan. Italiya, uning tuprog’ida maydonga kelgan Rim davlati 
esa jahon madaniyatining ravnaqiga katta hissa qo’shdi. 
Eramizdan avvalgi VII asrdan to yangi eraning V asriga qadar bo’lgan o’n ikki asr mobaynida 
italiyaliklar san‘ati va badiiy madaniyati o’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Qadimgi 
dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi paytida katta hajmdagi me‘morlik 
ansambllari vujudga keldi, me‘morlikning yangi tiplari paydo bo’ldi. Italiyaliklar qadimgi Gretsiya 
san‘ati va madaniyatiga zo’r hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy o’zlashtirdilar, iazariyasini yangi ilmiy 
bilimlar bilan boyitdilar. Realistik portret, tarixiy mavzudagi relef yaratish, mozaika, amaliy san‘at 
borasida novatorlik namunalarini ko’rsatdilar. 
Etruriya san‘ati va madaniyati 
Qadimgi Italiya xalqlari ichida etrusklar bo’lgan. Ular eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda Italiyaning 
o’rta va g’arbi-janubiy qismini egallaganlar. Etrusklar qurish san‘atida katta muvaffakqiyatlarga 
erishdilar. Ular toshlardan katta-katta imoratlar solganlar, birinchi bo’lib toshdan gumbaz va arkalar 
ishlaganlar. 
Etruriya shaharlari (Tsere, Tarkvini, Veyi, Klezium) baland, qalin, mustahkam devorlar bilan o’ralgan. 
Keng yillar, mustahkam ko’prik va kanallar qurilgan. Rim tarixchilari etrusklarning san‘ati to’g’risida 
hayajonlanib yozishgan
Etrusk me‘morligida sinch imkoniyatidan keng foydalanilgan. Binosining devorlari supacha ustiga 
o’rnatilgap. Etrusk me‘morligida ham ibodatxona qurishiga e‘tibor berilgan. Ibodatxonalar peshtoqli 
bo’lib, u birmuncha chuqur. Binoni badiiy bezashda rangli rsleflar, loydan ishlanib pishirilgan 
terrakotalar ishlatilgan. Tomlari dekorativ haykallar-akroteriylar bilan bezatilgan. 
 
Amaliy-dekorativ san‘at, monumental rangtasvir va haykaltaroshlik san‘ati ham bu yerda ravnaq 
topgan. Etrusklarning san‘atida sopol astadon keng tarqalgai bo’lib, ularning qopqog’ida jangchi yoki 
odam boshi haykali ishlangan, Sarkofaglar ham haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. Ularning 
qopqog’iga ko’pincha marhumning yotgan holdagi tasviri ishlangan. 
Etrusk haykaltaroshlaridan biri Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasini 
bezashga taklif etilgan. Vulka Veyidagi Apollon ibodatxonasining dekorativ haykallarini ham ishlagan.
Etrusklar bronzadan haykal yasashda yuksak san‘at egasi bo’lganlar. Antik dunyoning zo’r 
animalistlari bo’lgan etrusk haykaltaroshlari bronzadan turli hayvon va fantastik jonivorlar haykallarini 
zo’r mahorat bilan ishlashgan. 
Etrusk haykaltaroshligining nodir namunasi Kapitoliydagi «Ona bo’ri» haykalidir. Xaykaltarosh 
bo’ridagi ehtiyotkorlikni, unga xos vahshiylikni real va ishonarli talqin eta olgan. Shu bilan birga, 
haykalda shartli dekorativ uslub ta‘siri borligini ko’rish mumkin. Bu suratlarda etrusklar hayotiga oid 
voqealar, mifologiyadan olingan syujetlar tasvirlangan. Amaliy-dekorativ san‘at, ayiiqsa, zargarlik san‘-
ati yuksak bo’lgan. Etrusk zargarlarining ayol zebu ziynatlari, oltindan ishlangan turli xil uy buyumlari 
qadimgi grek va rimliklar tomonrshan yuksak qadrlangan. 
Etruriya jamiyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga to’g’ri keladi. Eramizdan 
avvalgi VI asrdan boshlab, etrusk san‘atiga Italiyaning janubidagi grek koloniyalari san‘atining ta‘siri 
sezila boshladi. Etrusklar grek alfavitini, teatr va mifologiyasini qabul qildilar. Greklar singari ular ham 
yuzasiga bareleflar tushirilgan oltin tangalar chiqara boshladilar. Qora va qizil figurali vazalar etrusklar
xonadonidan keng o’rin egallay boshladi. 
Eramizdan avvalgi VI asrdan boshlab, Etruriyaping qudrati susaya bordi. Mavjud bo’lgan shahar va 
davlatlar orasidagi ittifoq buzila boshladi. Kelt qabilalari, keyinroq greklar hujumi natijasida Etruriya 
nnqirozga yuz tutib, italiylar bilan qo’shilib ketdi. 
Qadimgi Rim san‘ati 
Qadimgi Rim san‘ati Apenin yarimorollaridagi ko’pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim 
bosib olgan yerlardagi boshqa xalqlar san‘ati ta‘sirida rivoj topdi. Uning ravnaqiga, ayniqsa, grek san‘ati 
kuchli ta‘sir o’tkazdi. Lekin rimliklar o’zga xalqlar san‘atini o’zlashtirib, o’rganib, uni ijodiy boyitdilar, 


35 
shu san‘at an‘analarini rivojlantirib, uning yangi tur va janrlarini ham vujudga keltirdilar.Rimdagi tarixiy 
sharoit, ijtimoiy tuzum xarakteri san‘atning g’oyaviy yunalishini belgilashda muhim rol o’ynadi. Rim 
san‘atida me‘morlik yetakchi o’rinni egalladi.Me‘morlikda davlatning kuch-qudrati tarannum etildi. 
Rimliklar ko’pchilikka mo’ljallangan muhtasham binolar qurdilar. Rim san‘atidagi o’ziga xoslik tasviriy 
san‘atda, ayniqsa, uning portret janrida yaqkol namoyon bo’ldi. Bu yerda juda erta dastgoh san‘ati rivoj 
topdi. Xikoyanavis bo’rtma tasvir san‘ati ham rimliklar san‘atining o’ziga xos tomonini belgilaydi. 
Qadimgi Rim tarixi eramizdan avvalgi VI asrdan boshlanib, yangi eraning V asrigacha bo’lgan 
davrini o’z ichiga oladi. Eramizdan avvalgi VI asrga kelib, Rim aristokratik quldorlik respublikasiga 
jamlandi. U Apenin yarim orolini zabt etib, O’rta yer havzasida o’z hukmdorligini o’rnatgach, eramizdan 
avvalgi II asr o’rtalariga kelib, shu yerdagi yirik davlatga aylandi. Bosib olingan yerlardan boyliklarning 
Rimga olib kelinishi uning ravnaqida muhim rol o’ynadi, shu bilan birga, inqirozini ham tezlashtirdi. 
Mulkiy tengsizlik oshdi, ekspluatatsiyaning kuchayishi esa omma orasida norozilikni keltirib chiqardi. 
Ayniqsa, qullar qo’zg’oloni (bular ichida Spartak qo’zroloni mashhur) respublika davrining inqirozga 
yuz tuta boshlaganini bildirdi. Uning o’rnini Rim imperatorlik davri egalladi. Bu davr eramizdan avvalgi 
I asr oxiridan yangi eraning 476 yiligacha davom etdi. 
Me‘morchilik. Rim me‘morligining o’ziga xos tomonlari, uning asosiy tiplari Rim respublikasi 
davridayoq namoyon bo’ldi. Doimiy urush va qirg’inlik, grajdan urushlari mantiqan aniq topilgan
monumental me‘morlik kompozitsiyalarida o’z ifodasini topdi. Eramizdan avvalgi VIII asrda ishlangan
mudofaa devorlari, mamlakatning turli qismlarini tutashtiruvchi tosh tushalgan keng yullarning 
sodda va jiddiy ko’rinishlarida davr ruhi va qurish san‘ati xarakteri ko’rinadi. Jumladan, mashxur Appiy 
yo’lni eramizdan avvalgi 312 yili qurilgan. Bu yuldan Rim legionlari jangga borishgan. Shu davrda 
mustahkam ko’prik va osma suv quvurlari (akveduklar) qurilgan. Ular shaharga o’ziga xos siluet baxsh 
etgan. 
Rimliklar qadimgi Gretsiyaga va boshqa ellinistik davlatlar ustidan hukmron bo’la borgan sari 
serhasham binolar ko’paya bordi. Eramizdai avvalgi III — I asrlarda qurilgan ibodatxona, villa, saroy, 
qasr va boshka binolar o’zining serxasham, jimjimadorligi va nafisligi bilan xarakterlidir.
Rim imperiyasining birinchi imperatori Oktavian Avgust hukmronlik qilgan yillar (er. av. 27 yil – 
yangi eraning 14-yillari) san‘at va madaniyatning haqiqiy rivojlangan bosqichi bo’ldi. Rim davlatining 
«oltin asri» hisoblangan bu davrda nazariyotchi me‘mor Vitruviy tarixchi Tit Liviy, shoirlardan Vergiliy 
va Goratsiolar yashab ijod etdilar.
Me‘morlik rivojlandi, shahar qurilishi avj oldi. Ijtimoiy va ma‘muriy binolar ko’plab qurildi. 
Ayniqsa, Rimda qurilish jiddiy bo’ldi. Tarixchilar bu davrning qurilishini ta‘riflab, «Avgust Rimni 
g’ishtdan qurilgan holda olib, uni marmarda qoldirdi», — deb yozgan edilar. Bizgacha vayronalarda 
yetib kelgan binolarning qoldiqlari xano’zgacha o’zining salobati va ulugvorligi bilan xayratlantiradi. 
Rim me‘morligida I asrning oxiri va II asr boshlarida eng katta me‘morlik komplekslari yaratildi, ko’p 
qavatli binolar vujudga keldi va shahar qiyofasini belgiladi. Yuliev, Flaviev, Sever kabi imperatorlar 
davrida qurilgan goyatda katga saroylar, zafar ustunlari shu davr ideologiya sini badiiy ifodalovchi 
yodgorlik sifatida xarakterlidir. Shunday me‘morlik kompozitsiyadaridan biri 81-yilda qurilgan Tit 
me‘morial zafar arkidir. Keyinroq Septima, Sever, Troyan va Konstantinlarga atab shunday zafar arklari 
qurilgan . 
Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey amfiteatridir . Planda Kolizey gigant oval 
bo’lib, uning asosi 188x156 m, devorlarning belandligi 48,5 mga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun 
muljallangan bu qurilmaga bir vaktning o’zida 55 ming tomoshabin kira olgan. Rim me‘morligining 
yana muqim yodgorligi «hamma xudolarning qasri»—Panteon hisoblanadi. Me‘mor Apollodor 
Damashkiy tomonidan 118—125 yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta gumbazli binosi 
bo’lib, unda Rim me‘morligining novatorlik xususiyati yaqqol ko’zga tashlanadi. Binoning tashqi 
ko’rinishi sodda, uning old tomonini qizil rangdan ishlangan korinf ustunli peshtoq bezab turadi. 
Aksincha, interer bezatilishiga aloqida e‘tibor berilgan, poliga marmar yoqizilgan. Devori esa ikki 
yarusli bo’lib, birinchi yarusidagi chuqur tokchalarga xudolar haykali kuyilgan, ikkinchi yarus esa rangli 
marmardan ishlangan pilyastrlar bilan bo’lib chiqilgan.
Rim me‘morligida paydo bo’lgan yangi tiplardan biri termlar — (so’z saroylari)dir. Iliq va sovuq 
suvli -xovo’zlar, gimnastika zallari, oromgoxlar, kutubxona bo’lgan 2—3 ming kishiga muljallangan 
bunday suv saroylari bezagiga aloxida e‘tibor berilgan. Mozaika va devoriy suratlar, haykal va amaliy 


36 
san‘at buyumlari saroy go’zalligiga go’zallik kushgan. Imperator Karakalla davridagi term (211—216 
yillarda ku-rilgan), ayniqsa, katta va hashamatli bo’lgan. 11 gektar yerni egallagan bu saroy dam olish, 
kungil ochish uchun ham mo’ljallangan. 
Rim me‘morligining so’nggi muxim yodgorligi Rim forumidagi Maksentsiya bazilikasidir. 306-312 
yillarda karkas konstruktsiyasida qurilgan bu bino antik davrning eng katta grajdan me‘morligidir. Turli 
siyosiy yig’idishlar o’tkazish, savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun mo’ljallangan bu bino intereri uch 
nefli bo’lgan. 
SHaharniig markaziy maydonlari — forumlari, ayniqsa, go’zal bo’lgan. Italiyaning asosiy yullari 
forumdan boshlangan, shaxarning asosiy kuchalari shu, forumga borib taqalgan. Uning markazida 
haykallar, dekorativ ustunlar o’rnatilgan. Imperator Troyan forumi esa juda xashamatli bo’lgan. Me‘mor 
Apollodor tomonidan 109—113 yillarda qurilgan bu forum maydonn 116 x 95 m bo’lib, uning 
o’rtasidagi 27 metrli ustunga Troyanning daklarga qarshi olib borgan kurashini aks ettiruvchi bo’rtma 
tasvir yuqoriga o’ralib chiquvchi burama frizda ishlangan. Ustun tepasiga imperatorning bronza haykali 
o’rnatilgan. Bu Baykal XVI asrda olinib, urniga apostol Pyotr haykali o’rnatilgan. Ustun pedestaliga 
Troyan vafotidan keyin uning xoki solingan o’rna joylashtirilgan. 
Tasviriy san‘at. Rim tasviriy san‘atidan bizgacha ko’pgina haykaltaroshlik namunalari (relef, portret, 
tematik kompozitsiyalar) saqlanib dolgan, Rimliklarning portret san‘atidagi yutuqlari, ayniqsa kattadir. 
Respublika davrida realistik portret rivojlandi va antik dunyo san‘atida yetakchi o’rinni egalladi, Bunga, 
birinchidan, Rim chinovnigining o’z portret va haykallarini ijtimoiy joylarga qo’yish imtiyozi bo’lsa, 
ikkinchidan, ko’mish marosimi bilan bogliqligi edi. Boy aristokratlarning mehmonxonalarida 
(qabulxonalarida) shu uy xujayini ajdodlarining portreti, haykallarini saqlaganlar va shundan 
g’ururlanganlar. Bunday haykal-portretlar toshdan ishlangan bo’lib, ko’mish marosimi vaqtida 
marhumning tobuti ortidan ko’tarib olib borilgan.
Bu portretlar marhumning o’ziga juda o’xshatilgan bo’lib, dokumental aniqligi bilan xarakterlangan 
va bunday portretlar, asosan, marhum yuzidan olingan niqob qolip asosida ishlangan Badiiy jihatdan 
bush bo’lgan bu portretlarii rimliklarning o’zlari grek san‘atkorlarining asarlaridan ustun qo’yganlar. Bu 
portretlar keyingi Rim realistik portretining rivojlanishida muhim rol uynadi.
Eramizdan avvalgi III—I asrlarda Rim ma‘naviy hayotidagi o’zgarishlaridan biri, bu tasvirlanuvchi 
shaxsning individual xislatlari va ma‘naviy dunyosiga qiziqishning oshishi bo’ldi. Natijada Rim 
respublikasi davrida mavjud bo’lgan portretchilik san‘atidagi yo’nalish — tasvirlanuvchining faqat 
tashqi qiyofasini dokumental aniqlikda aks ettiruvchi portretlar bilan bir qatorda, ikkinchi yo’nalish 
tashqi ko’rinishni aniq tasvirlash, grek plastikasiga xos bo’lgan xususiyat umumlashma obrazni yaratish, 
uni birmuncha ideallashtirish va ma‘naviy dunyosini ochib berishga intnlish tendentsiyasi sezilarli 
bo’ldi. 
Rim imperatorligi davrida hukmronlar va ularning kuch-qudratinn ifodalash san‘atkorlarning bosh 
vazifasi bo’lib qoldi. Ular o’z asarlarida imperatorlarni o’ziga o’xshatish bilan bir qatorda, uni ongli 
ravishda ideallashtirishga intila boshladilar. 
Eramizdan avvalgi V—IV asr grek san‘ati namunalari taqlid uchun asosiy manba bo’lib qoldi. Grek 
klassikasidagi ulug’vorlik va tantanavorlik pafosi, xarakterdagi vazminliq sipoliq tanlangan nisbatlar va 
aniq, sodda shakllar Rim san‘atkorlarini o’ziga jalb eta bordi. Oktavian Avgust haykalida shu intilishlar 
o’z ifodasini topdi.Shu asr rim portret san‘atining haqiqiy rivojlangan davridir. Bu davrdan boshlab, 
haykaltaroshlar avvalgi mavjud an‘analardan voz kecha boshlaydilar. Endilikda kuch-g’ayrati toshib 
yotgan, janglarda toblangan, hukmdor, qattiqqo’ul shaxslar qiyofasi keng o’rinni egallay boshlaydi. 
Imperator Karakalla byusti Rim realizmining shoh asarlaridandir.
Shunday qilib, asta-sekin antika traditsiyalari bilan aloqa uzildi. Rim imperatorligining sunggi davri 
san‘atida o’rta asrchilikka xos bo’lgan xususiyatlar endilikda ko’proq ko’zga ko’rina boshladi. 
Rassomlik va amaliy san‘at. Rimning gullagan shaharlari Pompey va Gerkulanumdagi boy, 
zodagonlarning uylari devorlariga ishlangan suratlar Rim rassomligi haqida ma‘lumot beradi. Devoriy 
suratlarda qadimgi grek ustalari ishlagan nusxalardan ko’chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar 
tasviri ham keng uchraydi. Bu uylarnipg pollari mozaika bilan bezatilgan. Ularda sayyor aktyorlar, 
dengiz osti manzaralari, urushayotgan xo’roz va shunga o’xshash voqealar tasvirlangan. Shunday 
mozaikalardan biri Favna uyidagi Aleksandr Makedonskiyning Eron shodi Doro bilan qilayotgan jangi 
tasviridir. 


37 
Rim dastgoh rangtasviri to’g’risida ma‘lumotlar ham aniqlangan. Shuning uchun undagi taraqkiyot 
bosqichini to’liq kuzatish qiyin. Faqat bu haqda I-III asrlarda ishlangan Fayum portretlari tasavvur bera 
oladi. Bu portretlarning nomi Rim imperiyasinipg sharqiy proviitsiyasi bo’lgan Misrdagi El-Fayum 
vohasidagi nekropoldan topilgani uchun shunday deb ataladi. Fayum portretlari ellin-rim san‘ati ta‘sirida 
rivojlandi. Fayum portretlari o’zining realistik xarakteri bilan ajralib turadi. Tasvirlanuvchining yoshi, 
tugarak o’ziga xos individual xislatlari san‘atkor tomonidan maxorat bilgan talqin etilgan. Fayum 
portretlarida tasvirlangan odamdar bir-birlariga o’xshaydi. Portretlar galereyasida goh hushchaqchaq, 
goh g’amgin, goh irodali, goh kuchsiz, goq xudbin shaxslar qiyofasi namoyon buladi. Keksa rimlik (I 
asrning II yarmi) va «Yosh ayol», «Oltin chambarli yigit» portretlari shu jihatdan diqqatga sazovordir
Bundan tashqari, antik dunyoda yangi din — xristian dinining keng yoyila boshlashi ham bu 
inqirozning sababi bo’ldi. Xristian dini antik dunyoqarash va estetikasiga qarama-qarshi o’laroq, yerdagi 
lazzatlardan, jismoniy go’zallikdan zavqlanishni gunoh deb targ’ib etdi va shu bilan birga, asta-sekin 
o’rta asr san‘atining yo’nalishiga yo’l o.cha bordi. 
IV—VI asrlarda Rimning varvarlar tomonidan talanishi san‘atning ravnaqini to’xtatib qo’ydi. Rim 
san‘ati antik dunyo san‘ati taraqqiyotiga yakun yasadi. Rimning qulashi bilan antik dunyo san‘ati tarixi 
ham tugallandi. Lekin bu yerda boshlangan an‘analar O’rta asr san‘atida davom etdi. Uyg’onish davri 
kishilari bu san‘atdan zavqlandi, ilhomlandi. Bu san‘at an‘analari XVII—XIX asrlarda ham juda 
ko’pchilikni o’ziga tortdi. Rim san‘ati t, nozik did va aniq g’oyaviy yo’nalishda yaratilgan qadimgi Rim 
ustalarining hozirgi kunda ham o’z qimmatini yo’qotmagan. Yuksak professional mahora nodir asarlari 
bugungi kunda ham san‘atkorlar uchun taqlid maktabi bo’lib qolmoqda. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish