23
1) Gomer davri (er. av. XI–VIII asrlar),
2) arxaika davri (er. av. VII/VI asrlar),
3) klassika davri (er. av. V va IV asrlarning birinchi uch choragi),
4) ellinizm davri (er. av. IV–I asrlar).
3.a)-savolga javob. Gomyer davri san‘ati.
Qadimgi Gretsiya tarixining eramizdan avvalgi XI—VIII asrlari Gomer davri deb ataladi. Bu davr
san‘ati va madaniyatini o’rganishda Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari qimmatli manba
hisoblanadi. Mikena yozuvlarining o’qilishi shu davrga oid ma‘lumotlarning kengayishiga yordam berdi.
Gomer davrida hunarmandchiliq ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog’liq bo’lgan vazaga gul solish san‘ati
ravnaq topgan.
Diniy marosimlar bilan bog’liq bo’lgan katta hajmdagi Dipilon vazalari (Afina yaqinidagi Dipilon
darvozasi yonidan topilgani uchun shunday deb nomlangan) shunday xarakterda ishlangan. Gomer asri
kulolchilik buyumlari ko’zalarida geometrik naqshlardan tashqari, o’snmliklardan ishlangan naqshlar,
hayotiy voqealarni sxematik talqin etuvchi tasvirlar uchraydi.
3.b)-savolga javob. Arxaik gryetsiya san‘ati
Eramizdan avvalgi VIII asr oxirlaridan boshlab, ilk sinfiy jamiyat qaror topa boshladi. Eramizdan
avvalgi VII—VI asrlarni arxaik yalpi qadimgi (grekcha «arxeyos»-qadimgi demakdir) davr deb
iomlanadi. Chunki XIX asrda boshlangan arxeologik kashfiyotlarga qadar qadimgi Gretsiya tarixini
eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlar edilar. Bu ibora xozir xam saqlanib kolgan.
Arxaika davrida Gretsiyada ilmiy fikrlar rivojlandi,
meditsina, astronomiya, tarix geografiya,
matematika taraqqiy qildi, poeziya, adabiyot, teatr kamol topdi, grek yozuvi paydo bo’ldi. Greklar
o’zlaridan avvalgi xalqlar, eng avvalo. Sharq mamlakatlari-Bobil, Misrning fan va madaniyat borasidagi
yutuqlarini chuqur o’rganib, o’zlarining qaytarilmas san‘at va madaniyatlarini yaratishga muyassar
bo’ldilar. Shu bilan birga, keyingi Yevropa ilmiy-ijodiy taraqiyotida muhim poydevor yaratdilar.
Grek ibodatxonalari bir necha tipda bo’lib, bularning ichida eng keng tarkalgan tipi peripter hisoblangan.
Bu tipda ko’rilgan binoning markaziy qismi muqaddas yer-tsella bo’lib, atrofi esa ustunlar bilan
o’ralgan. Grek me‘morchiligining bu tipi faqat grek me‘morchiligidagina emas, balki jahon
me‘morchilik san‘ati rivojida ham katta rol o’ynadi.
Me‘morlik
rivojlanib borgan sari, ellada ustalari ustun va tusinlarga, ular orasidagi boglanish,
dekorativ bezaklarning eng minimal tomonini topish, badiiy va funktsional tomonining uyg’un
bo’lishiga harakat qildilar. Bu butun badiiy sistema order nomini oldi (latincha «ordo» — tuzilish, tartib
ma‘nosini bildiradi). Order keyinchalik Gretsiya me‘morligining asosiy xususiyatini belgilovchi muhim
tomonga aylandi.
Grek me‘morligining asosiy orderlari doriy va ion orderi hisoblanadi. Doriy orderi, asosan,
Peloponnes va Buyuk Gretsiya (Sitsiliya shunday deb atalgan), ion orderi Ioniya deb nomlangan Kichik
Osiyo sohillarida ko’proq ishlatilgan.
Arxaika davri haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bilan birga, voqealarni aks
ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan, olishuvlar ko’rsatiladi. Persey va Gerakl qahramonligiga, xudolar
va gigantlar jangiga bag’ishlangan kompozitsiyalar shu davr haykaltaroshligi mahsulidir.
Arxaika davrining ko’zaga surat solish san‘ati dastlab qora figurali vazalarda namoyon bo’ldi.
Bunday vazalarga qora lak bilan turli tasvirlar ishlaganlar. Ayniqsa, qora figurali vazalar ishlash san‘ati
VI asrning II-III choragida rivojlanib, bu sohada attikali kulollar va rassomlar nom chiqarishgan. bunday
mashhur ustalardan biri, rassom Klitiy bo’lgan. U jahonga mashhur bo’lgan «Fransua vazas»ni bezagan.
Vaza yuzasiga 200 dan ortiq odam tasviri tushirilgan. Qopa figurali uslubda ishlangan mashhur
rassomlardan yana biri eramizdan avvalgi VI asrning II choragida yashab ijod etgan Eksekiy bo’lgan.
3.s)-savolga javob . Klassika davrida Gryetsiya san‘ati
Eramizdan
avvalgi V asrga kelib, Gretsiya o’zining siyosiy, iktisodiy va madaniy taraqqiyotining eng
yuksak bosqichiga ko’tarildi. Bu taraqqiyot Eron-Grek urushlaridan keyingi Afina davlatining
kuchayishi va quldorlik demokratiyasining rivojlanishi bilan 6og’liq. Urush grek polislarini Afina davlati
atrofida birlashtirdi.
Afina eramizdan avvalgi V asr o’rtalariga kelib, butun grek olamining eng yirik madaniy va
iqtisodiy markaziga aylandi. Haqiqatan ham, o’z zamonasining nihoyatda ishbilarmon davlat arbobi,
otashin notiq, odamlarda tashabbuskorlik ishtiyoqinn uyg’otishga mohir bo’lgan, ilmu-fan, san‘at va
24
adabiyotga qiziqqan Perikl bu taraqqiyotda muhim rol o’ynadi. U o’z atrofiga grek elida mashqur
bo’lgan ijod ahillarini to’pladi.
Esxil, Sofokl, Yevripid kabi buyuk san‘atkorlarning nomi, Sokrat, Gerodot, Demokrit kabi buyuk
tarixchi va faylasuflarning nomi shu Perikl davri bilan bog’likdir.
Bu davrda san‘at beqiyos rivojlandi. Me‘mor, haykaltarosh, rassomlarning asarlari keyingi asrlarda ham
o’z qiymatini yo’qotmay, taqlid qilish uchun klassik namuna bo’lib qoldi. Eramizdan avvalgi V-IV asr
san‘ati esa san‘at tarixida Grek klassikasi degan nomni oldi.
Grek klassikasi davrini
shartli ravishda ilk klassika, yuqori klassika va so’nggi klassika davriga
bo’lishadi
Ilk klassika eramizdan avvalgi 490-450 yillardagi eron-grek urushi davriga to’g’ri keladi. Bu davr
san‘atda realistik tendentsiyalarning ortib borishi bilan xarakterlanadi
Ilk klassika davrida ko’p me‘morlik kompozitsiyalari yaratildi, ayrim shaharlar qayta tiklandi.
Me‘morlikda, asosan, peripter tipidagi ibodatxonalar qurilishi yetakchi o’rinii egalladi. Ular ko’pincha
doriy uslubida qurildi. Lekin ulariing har biri me‘morning ijodiy yondashishi natijasida o’ziga xos
individual fazilatlar kashf etdi.
Pestumdagi Gera ibodatxonasi (er. av. V asrning birinchi choragi) bizgacha yaxshi saqlangan. Unda
ilk klassika me‘morligiga xos fazilatlar ko’zga ko’rinadi.
Egine orolidagi Afina Afayi ibodatxonasi (er. av. 490 i.) va ayniqsa, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi
o’zining nisbatlar garmoniyasi, badiiy bezagining nafisligi bilan xarakterlanadi va grek me‘morligining
shoh namunalaridan hisoblanadi.
Yuqori klassika. Eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Gretsiya siyosiy, iqtisodiy
va madaniy ravnaqining oltin davrini boshidan kechirdi. San‘atning hamma tur va janrlari rivojlanib,
yuqori klassika davri kishilarining estetik ideal haqidagi tushunchalarini mukammal badiiy obrazlarda
ko’rsatdi. Bu taraqqiyotda, so’zsiz, shu davrning yirik davlat arbobi Perikl muhim rol uynadi.
Yuqori klassika davrida Afina akropoli o’zining tugal ko’rinishini egalladi.
Perikl tashabbusi bilan
Afinaning ichki qal‘asi-Akropol qayta tiklandi. Bu qal‘a Eron-Grek urushida vayron bo’lgan edi.
Eramizdan avvalgi V asrning uchinchi choragida bu yerda oq marmardan yasalgan grek me‘morligining
nodir durdonalari bo’lgan Parfenon, katta darvozaxona Propiley, qanotsiz g’alaba ma‘budasi Nikega atab
qurilgan ibodatxona (Niki Apteros) qad ko’tardi. Bu binolar badiiy bezaklarga boy bo’lgan.
Grek klassikasi me‘morligining beqiyos namunasi, aql-zakovat va afinaliklar homiysi bo’lgan Afina
ma‘budasiga bag’ishlangan Parfenon ibodatxonasi hisoblanadi .
Eramizdan avvalgi 447-438 yillarda me‘morlar Iktin va Kallikrat tomonidan qurilgan bu ibodatxona
afinaliklarning xazinasini saqlash uchun xizmat qilgan. Parfenon ibodatxonasining bezak va haykallari
esa davrning buyuk haykaltaroshi, Periklning yaqin safdoshi Fidiy rahbarligida bajarilgan. Parfenon
akropoldagi eng baland binodir.
Shu davrning yirik haykaltaroshlardan biri Miron hisoblanadi. Uning mashhur asarlaridan biri «Disko-
bol» (Disk otuvchi) haykalida jismoniy go’zal, ma‘naviy kuchli ideal inson obrazi
yaratiladi.San‘atkorning «Afina va Marsiy» deb nomlangan kompozitsiyalari ham xarakterlidir.
Genial yunon haykaltaroshi Fidiy o’z asarlarida greklarning jasurligi, eronliklar ustidan erishgan
g’alabasini aks ettiruvchi haykallar ishlagan.
Qadimgi yozuvchilarning fikriga ko’ra, uning ilk asarlari-oltin va fil suyagidan ishlangan. V asrning 70-
yillarida afinaliklar buyurtmasiga ko’ra Fidiy Marafon jangini ulug’lovchi ko’p figurali kompozitsiyani
ishlagan. Eramizdan avvalgi 460 yillarda Apollonning katta bronza haykalini, eramizdap avvalgi 460-
450 yillarda esa mashhur jangchi ayol Afina haykalini yaratdi. Lemnos oroli uchun ham Apollon
haykalini ishladi. Perikl topshirig’iga binoan, eramizdan avvalgi 447-439
yillar mobaynida Afina
akropolini qayta tiklash va bezashda rahbarlik qildi.
Parfenon ibodatxonasinnng haykaltaroshlik asarlari ansambli jahon san‘atining nodir durdonasi
hisoblanadi.
Fidiy bir qancha monumental dumaloq haykallar muallifi hamdir. Uning akropoldagi oltin va fil
suyagidan ishlagan. Afina haykallari, Olimpiyadagi Zevs haykali, aynikqsa mashhurdir.
3) d –savoliga javob.
Ellinizm davri san‘ati
Eramizdan avvalgi 336 yili Makedoniya podshohi Aleksandr (Aleksandr Makedonskiy) ellin
davlatlarini bosib oladi. Bu davlatlar keyinchalik ellinistik davlatlar deb atala boshladi (XIX asrda nemis
25
tarixchisi I. Droyzen bu iborani birinchi bor ishlatgan). Aleksandr Makedonskiy istilosidan tortib,
eramizdan avvalgi 30-yillargacha, ya‘ni so’nggi ellinistyk davlat- Misrning Rim tomonidan bosib
olinishiga qadar bo’lgan davri esa ellinizm davri deb yuritildi.
Bu davr me‘morligi o’zining hashamatliligi, dabdabaliligi va katta hajmga intilishi bilan
xarakterlanadi. Me‘morlik nazariyasi rivojlandi. Bu davrda miletlik Gippodamaning shahar qurilishi
borasidagi sistemasi muhim rol o’yiadi. Shu plan asosida ko’rilgan Milet,
Priema kabi shaharlarning
ko’chalari aniq va keng prospektlardan tashkil topgan. Uning bosh maydoni atrofi esa turli ijtimoiy
binolar bilan o’ralgan.
Eramizdan avvalgi IV asr oxiri va Sh asrgacha yashab ijod etgan haykaltaroshlar o’z ijodlarida
Praksitel, Lisipp va qisman Skolas an‘analariga tayandilar, uni rivojlantirdilar. Ellinietik Gretsiyaning
monumental haykaltaroshligi ichida davrning nodir yodgorligi «Samofrakiya Nikesi» haykali alohida
o’rinni egallaydi. U davrning nodir yodgorligidir. Samofrakiya oroli uchun ishlangan bu Baykal g’alaba
xudosi Nikega barishlangan
Ellinistik Gretsiyaning yana bir nodir yodgorligi Milos oroli uchun ishlangan Afrodita haykalidir.
«Milos Afroditasi» deb nom olgan bu asar haykaltarosh Aleksandr tomonidan eramizdan avvalgi 120
yillarda ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: