Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

Tashkiliy-iqtisodiy 
usullar.
Tabiiyki, 
butun 
biznes-struktura 
kommunikativ qadamlar bilan muvofiqlashtirilgan bo‗lishi zarur. Agar tovarlar 
sotishda ularni sotish mumkin bo‗lgan tezlik baholanmagan va tovarda sotuvda 
bo‗lmaydigan bo‗lsa, butun reklama faoliyati samarasiz bo‗lib chiqadi. Agar 
kompaniya qurilish uchun ruxsat olishga harakat qilayotgan bo‗lsa, qurilish esa 
mablag‗lar yo‗qligi tufayli boshlanmasa – shunchalik mashaqkat bilan tashkil 
qilingan kommunikativ kanal barbod bo‗ladi. mijozlarga chegirmalar tizimi 
ko‗rinishida taqdim etiladigan sof iqtisodiy foyda raqobatli ustunlikka aylanishi 
mumkin. 


250 
2.
Axborot-reklama usullari.
Bu usullar qatoriga yakuniy iste‘molchi 
uchun ham (reklama va h.k.), korporativ mijozlar uchun ham (tijorat takliflari, 
taqimotlar), keng jamoatchilik uchun ham mo‗ljallangan imidj va nufuzni 
shakllantirish bo‗yicha tadbirlarni kiritish lozim. Bu ATL va BTL tadbirlari butun 
doirasidir. 
3.
SHaxslararo munosabatlar (aloqalar) o‘rnatish usullari.
Bu usullar 
tashqi muhit bilan ham, korxona ichida ham marketing strategiyasini amalga 
oshirish, «ko‗maklashuvchi» shaxslar bilan o‗zaro aloqalarni yo‗lga qo‗yish ularga 
bog‗liq bo‗lgan ish aloqalari etikasini – o‗ta tartiblilik va «nozik» kommunikativ 
texnologiyalar talab qiladigan narsalarni ko‗zda tutadi. Aslida yolg‗izgina o‗z 
sohasini yaxshi biladigan «itargich» (amaldorlar doirasidagi lobbichi) oqibatda 
qolgan barcha tarkibiy qismlarni (ham moliya, ham moddiy ta‘minot) ta‘minlagan 
holda «nolinchi» loyihaning yagona resursiga aylanishi mumkin. Va aksincha, 
ko‗plab ajoyib tarzda (texnologik va moliyaviy jihatdan) jihozlangan korxonalar 
korxona egasining shaxsiy xususiyatlari tufayli rivojlanishda to‗xtalib qolishi 
mumkin. 
4.
Yuridik usullar
– kompaniyalarni qo‗shib olish va birlashtirish 
jarayonlarining faollashuvi (axborot-reklama, tashkiliy-iqtisodiy boshqa jarayonlar 
bilan birgalikda kuzatiladigan) ushbu usullarni integratsiyalangan marketing 
kommunikatsiyalari qurollari qatoriga kiritish zarurligidan dalolat beradi. IMK 
mutaxassisining huquqiy jihatdan savodxonligi ta‘lim tizimida ko‗zda tutilgan 
bo‗lishi lozim. 
Marketing kommunikatsiyalari kompleksini tashkil qilishning bir nechta 
asosiy 
tamoyillarini 
ajratib ko‗rsatish mumkin. 
1.
 Sinergizm.
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha omillarni muvofiqlashtirish va 
barcha elementlarni o‗zaro qo‗llab-quvvatlashni integratsiyalangan marketing 
kommunikatsiyalari tashkil qilishning asosiy tamoyili deb hisoblash mumkin. 
Birgalikdagi kommunikativ harakatlar ularning yig‗indisini chiqarishdan ko‗ra 
ko‗proq samara beradi. 


251 
Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining bitta elementi– 
original distributiv tarmoq tashkil qilish orqali marketing strategiyasini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun butun kommunikatsiyalar kompleksi barpo 
etiladi. 
2.
Hamkorlik qilish uchun 
ochiqlik
, ittifoq tuzishga, marketing dasturlari 
byudjetlarini optimallashtirishga tayyorlik. Turli hamkorlar bilan gorizontal 
kommunikatsiya biznesni yanada barqaror qiladi, shu sababli hamkorlik qilish 
uchun ochiq bo‗lish zarur. 
3.
Tezkorlik.
Bu erda gap strategik kommunikatsiyalar uchun ham maxsus 
tashabbus ko‗rsatilgan, ham beixtiyor ravishda yuzaga keladigan hodisalar haqida 
boradi. To‗g‗ri ifodalangan har qanday axborot hodisa uchun axborotga oid sabab 
bo‗lishi mumkin. Bu hodisa integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari 
kompleksini shakllantirish uchun sabab bo‗lishi mumkin. Axborotga oid sabab 
ichki axborot oqimlarining istalgan bo‗linmasidan kelib chiqishi mumkin (maxsus 
tashabbus ko‗rsatiladigan sabablarni aytib o‗tirmasak ham bo‗laveradi).
4.
Personallashtirish.
Hozirgi 
kunda 
har 
qanday 
sotuvlarni 
optimallashtiradigan ko‗plab konsepsiyalar ishlab chiqilgan (jumladan, g‗oyalarni 
sotish shaklida – muzokaralar jarayoni sifatida). Nima sotilayotgani muhim emas: 
g‗oyami, xizmatmi, asbob-uskunami yoki birlamchi zarurat predmetlarimi, lekin 
savdo madaniyati, sotuv taktikasi va strategiyasini bilish personalizatsiya 
tamoyillarini hisobga olgan holda kommunikatsiyalar tizimini barpo etishda ham, 
mutaxassis tayyorlashda ham ko‗zda tutilishi zarur. Zamonaviy marketing 
munosabatlariga xos xususiyat – personalizatsiya, har bir alohida mijoz bilan 
personal munosabatlarni yo‗lga qo‗yish hisoblanadi. 
Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir. 
Reklama agentligi - bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat 
turlarini taklif etuvchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu 
ijodiy xodimlar va tijoratchilardan iborat, mustaqil korxonadir. U o‗z tovari uchun 
xaridor qidirayotgan buyurtmachilarga reklama tayyorlaydi va uni reklama 
vositalarida joylashtiradi. 


252 
Reklama vositalari-ommaviy axborot (televizor, radio, ro‗znoma, jurnal), 
qaysiki reklama murojaatlarini keng tinglovchilar ommasiga etkazuvchi reklama 
mutaxassislaridir. Jurnal, ro‗znomalar, televidenie va radiostansiyalar o‗zlarining 
noreklama mazmuniga kerakli tinglovchilarni jalb qiladi, reklama beruvchilar esa 
ularga murojaat etish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
Boshqa reklama vositalari esa ma‘lum darajadagi kishilarni o‗ziga jalb etish 
maqsadida reklama murojaatlariga (to‗g‗ri aloqa reklamasi, maketlar, jamoat 
transportidagi turli yozuvlar, savdo binolarini reklama jihatidan bezash) 
tayanadilar. Reklama- bu ommani xabardor qilish usulidir. Iste‘molchilar bilan 
yaqin aloqa o‗rnatishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi. 
Savdo reklamasining o‗ziga xos xususiyati xaridorni chorlash va chiqarishdan 
iborat. SHu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yo‗lida tovarlarning 
ayrim turlarini iste‘mol qilishni ko‗paytirish maqsadida ularga ta‘sir o‗tkazish 
vositasidir. 
Xalqning turmush darajasi osha borishi, savdoga bo‗lgan talablar kuchayishi 
va ko‗pincha yangi talablar qo‗yilishi reklama bilan bog‗liqdir, chunki savdo xalq 
iste‘molini qondirish jarayonidir. 
Reklama savdo madaniyatini oshirishga ko‗maklashmog‗i lozim. Reklama 
yaxshi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa, xaridorlar o‗zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson 
va ko‗p vaqt sarflamay sotib oladigan bo‗ladilar. SHu tariqa tovarni sotish 
tezlashadi, savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari 
kamayadi. 
Savdo reklamasi alohida hammaga ma‘lum bo‗lgan ba‘zi bir tovarlar 
to‗g‗risida foydali ma‘lumotlar berish, shu tovarlarning xususiyatlari, qimmatli 
jihatlari, ularni ishlatish usullarini tushuntirishi kerak. 

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish