1.3.Kam energiya sarflash orqali ammoniy nitrat olish.
Ma’lum bо‘lgan barcha turdagi sxemalar bо‘yicha ammiakli selitra olishda
nitrat kislotasini xattoki bosim ostida ammiak bilan neytrallanganda ham 95% dan
yuqori bо‘lmagan konsentratsiyali ammoniy nitrat eritmalari hosil qilinadi. Eritmani
suyuqlanma hosil qilinguncha bug‘latish uchun anchagina miqdorda qо‘shimcha
issiqlik sarflanishiga tо‘g‘ri keladi.
11
(«Endjiniring») firmasi tomonidan yaratilgan yangi ammiakli selitra ishlab
chiqarishning «
AN-2YE»
jarayonida bosim ostidagi neytrallash orqali bu kamchilik
bartaraf etilgan. Neytrallanish 180°S xaroratda о‘tkaziladi, bu neytrallagichda
bosimning 0,4 va 0,8 MPa orasida (jarayonda ishlatiladigan nitrat kislota
konsentratsiyasiga bog‘liq xolda) о‘zgarishi orqali ta’minlanadi. Shunday qilib,
faqatgina reaksiya issiqligidan foydalanish xisobiga ammoniy nitrat eritmasining
konsentratsiyasini 99,7% gacha oshirish imkoniyati yaratiladi. Bu issiqlik bug‘latish
jixozining issiqlik almashtirgichiga — neytrallagichdan olinadigan va unga nisbatan
past haroratda issiqlik almashtirgichdan qaytariladigan sirkulyatsiyali suyuqlik oqimi
orqali uzatiladi. Bunday sirkulyatsiya neytrallagichdagi eritma xaroratini boshqarish
imkoniyatini yaratadi. Bu usulning afzalligi texnologik jarayonda tozalanmagan bug‘
hosil bо‘lishi kuzatilmaydi.
Ammiakli selitra ishlab chiqarish turli jarayonlarida reaksiya issiqligi bug‘ hosil
qilish uchun ishlatiladi. Atmosfera bosimiga yakin bosim ostida (0,12 MPa) va 135°S
xaroratda neytrallanishda 85% konsentratsiyali eritma hosil kilinadi; 180-185°S
xaroratda yuqori bosim [-0,4 MPa ostida 75-77% li, 180°S xaroratda 0,4-0,8MPa
bosim ostida («AN-2YE» usuli bо‘yicha) esa 65% li eritmalar olinadi. Yuqorida
konsentratsiyalari keltirilgan eritmalar — neytrallagichga -60% konsentratsiyali nitrat
kislota berilishiga muvofiq keladi.
«AN-2YE» jarayonida neytrallagichdagi xaroratni va shu xarorat bilan reaksiya
xarorati orasidagi farqni о‘zgartirish, shuningdek bug‘latish bо‘limidagi vakuumni
о‘zgartirish orqali turlicha belgilangan konsentratsiyali ammiakli selitra eritmalarini
hosil qilish mumkin. Jarayon shunday boshqariladiki, bunda neytrallagichdagi bosim
doimo ayni xaroratdagi eritma kaynash bosimidan yuqorida ushlab turiladi. Bu xolda
texnologik bug‘ hosil bо‘lmaydi va odatdagi texnologik sxemalarda ammiakli selitra
tomchilarini tutib qolishi uchun va kondensatni texnologik bug‘dan tozalash uchun
qо‘llaniladigan qurilmalar talab etilmaydi. Neytrallanish jarayonida azotning
yо‘qotilishi nixoyatda oz darajada bо‘ladi.
Jarayonining soddalashtirilgan texnologik sxemasi tasvirlangan.
Neytrallagichdan bug‘latish bо‘limiga issiqlikni tashuvchi ammiakli selitra oqimining
sirkulyatsiyasi jarayonning asosi xisoblanadi. Issiqlik almashtirgichdan sо‘ng eritma
neytrallagichga qaytariladi. Eritmaning sirkulyatsiyasi nasos yordamida amalga
oshiriladi. Bug‘latish bо‘limiga selitra eritmasi oqimining kritilishidan oldin bosim
ostidagi eritma redusirlanadi (ya’ni, suyuqlik ustidagi bosim pasaytiriladi), bu esa
uning xaroratining pasayishiga olib keladi. Eritmaning bug‘latish xaroratini
pasaytirish uchun esa standart vakuum qurilmalari ishlatiladi.
12
Neytrallagich vertikal kо‘rinishdagi idish bо‘lib, yuqori bosim ostida ishlashga
mо‘ljallangan, jixozning ichida tik qiyalikda quvur joylashtirilgan, u orqali eritma
bug‘latish jixoziga konsentrlash uchun yuboriladi.
Neytrallagich quvvati unga beriladigan ammiak miqdori bilan aniqlanadi,
ammiak miqdori esa kiritiladigan kislota miqdoriga muvofiq kelishi kerak.
Kislotaning ozgina miqdori reaktorning pastki qismidan olinadigan eritma oqimiga
Eritmaning rN qiymatini belgilangan darajada ushlab turilishi uchun qо‘shiladi.
Nitrat kislota konsentratsiyasi о‘zgargandagi neytrallash jarayonini tо‘g‘ri
boshqarilishi kislota berish yо‘nalishda joylashtirilgan, sezgir element biriktirilgan
maxsus xisoblash qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
55% konsentratsiyali nitrat kislota qizdirgich 1 ga va sо‘ngra Neytrallagich 2 ga
tushadi, unga bug‘latgich 4 da bug‘lanadigan gaz xolatdagi ammiak ham beriladi.
Sxemada atmosfera bosimida ishlaydigan neytrallagich kо‘rsatilgan, undan
ammoniy nitrat eritmasi vakuum ostida ishlaydigan bug‘latgich 5 ga uzatiladi.
Bug‘latgichdagi vakuum kondensator 7 da texnologik bug‘ni suv bilan
kondensatlanishi natijasida hosil kilinadi. Bug‘latgichdan chiqadigan ammoniy
nitratning bir qismi bug‘latgich va reaktor о‘rtasida sirkulyatsiyalanadi. Bug‘latgich 5
dan chiqadigan texnologik bug‘ separator 6 dan sо‘ng nitrat kislotani qizdirish uchun
qizdirgich 1 da va suyuq ammiakni bug‘latish uchun bug‘latgich 4 da qisman
ishlatiladi. Bug‘latgichda hosil qilingan ammoniy nitrat eritmasi qayta neytrallagich 8
ga tushadi, u yerda ammiak gazi bilan -88% konsentratsiyagacha qayta neytrallanadi
va bug‘latuvchi jixoz 9 ga uzatiladi, u yerda 95% li konsentratsiyagacha bug‘latiladi.
Bug‘latilgan eritma qayta bug‘latish jixoziga beriladi. Hosil qilingan 99,5% li
suyuqlanma donadorlash minorasida statik donadorlagichlar yordamida tomchilatiladi
(rasmda kо‘rsatilmagan). Elash va sovutish bosqichlaridan о‘tgan mahsulot tarkibida
34,5% azot va 0,4% namlik bо‘ladi. Donachalarning о‘lchami 1-4 mm orasida bо‘ladi.
Stabillovchi qо‘shimchalar qо‘shish nazarda tutilgan.
Lozim topilganda 95% li eritmani (qо‘shimcha bug‘latishsiz) donadorlash
minorasiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri uzatish orqali g‘ovak selitra olinadi. G‘ovak donachali
mahsulotni maxsus qurilmalarda quritish natijasida undagi qolgan namlik yо‘qotilishi
mumkin.
Yuqorida keltirilgan donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarishning
texnologik sxemasi kо‘p jixatdan ishlab chiqarishda qо‘llanilayotgan boshqa
sxemalarga о‘xshab ketadi. «Nuago» («Norsk-Gidro») firmasi tomonidan yaratilgan
yirik donachalar (7-11 mm li) olish bilan tarelkali (likopchali) donadorlagich ishlatish
13
orqali 99,5% li suyuqlanmadan changlanmaydigan donador ammiakli (yoki oxakli-
ammiakli) selitralar olishning original yuqori xaroratli usuli ham mavjuddir.
Jarayonning texnologik sxemasi 12-rasmda kо‘rsatilgan.
«
Do'stlaringiz bilan baham: |