Aylanma mablag’lar
/ Revolving funds / Oборотные фонды
– ishlab chiqarishni tashkil etish
va mahsulotni sotish maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomila fondini tashkil etish uchun
avanslashtirilgan pul mablag’lari yig’indisidir.
Aktiv
(lotincha
aktivus
- faol, ta’sirchan, ishchan)
/ Aktive / Актив
– 1)buxgalteriya balansining
chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va
joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul mablag’lari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari
va b.) aks etadi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, naqd pul,
qimmatbaho qog’ozlar va b.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon aktiv
(veksellar, qimmatbaho qog’ozlar, oltin, naqd pul, va b.) likvid aktivlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |