Tarmoq / Branch / Сеть -
qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil
qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq qiladigan ishlab
chiqarishning bir qismi.
Ta’rif (ish haqi fondi)
/ Tariff / Tариф
- ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan
ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi.
Ta’rif jadvali
/
Shedule of tariff / График тарифа
– mehnatga haq to’lash razryadlari, ta’rif
koeffisentlari va stavkalarini ichiga olgan jadval.
Ustav fondi
/ Churter fund / Уставный фонд
- korxonalar faoliyatini ta’minlash uchun
ta’sischilar tomonidan dastlab kiritiladigan va keyinchalik ko’paytirib borish mumkin bo’lgan, hajmi
korxonaning ustavida belgilab qo’yiladigan mablag’. Shirkat xo’jaliklarida pay fondi va bo’linmas
fonddan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |