Qo’shimcha ish haqi
/ Extra wage / Дополнительные заработной платы
– qo’shimcha
mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo’shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki
yuqori sifatli mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga
to’lanadigan ish haqi.
Chorvachilik tizimi / Livestock system / Система животноводство
- chorva mollari sonini
o’stirish va sifatini yaxshilash, maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda mahsulot birligiga
qilinadigan xarajatlarni kamaytirish, umuman, chorva mollari va chorvachilik vositalaridan maqsadga
muvofiq foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni ta’minlaydigan tashkiliy-iqtisodiy,
texnologik va texnikaviy tadbirlar yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |