Bazis narx
/ Basis price / Основа цена
- 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va
xalq xo’jaligi ko’rsatkichlari (masalan, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xo’jaligi, yalpi mahsuloti
va b.) dagi o’zgarishlarni indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. 2) sifat ko’rsatkichlari aniq
bo’lgan tovarning kontrakt yoki preykurant narxi.
Balans
( lotincha
balanx ) / Balance / Баланс
– biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi
lozim bo’lgan tomonlari (masalan, daromadlar va xarajatlar) o’rtasidagi nisbatlarning miqdoriy ifodasi.
Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat resurslari balansi,
daromad va xarajatlar balansi, to’lov balansi va boshqa balanslar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |