7-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGI INFRATUZILMASINING
TURLARI VA AHAMIYATI
• Infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati.
• Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi.
• Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
mamlakatimizda qishloq
xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
tadbirlar.
7.1. Infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati.
Infratuzilma so‘zi lotincha «infrastructure» so'zidan olingan bo‘lib,
«infra» - quyi, asos va «structure» - tuzilish, joylashish kabi ma'nolarni
anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi
XX asr boshlarida birinchi
bor «zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi» sifatida muomalaga
kiritilgan bo‘lsa, 1940-yillarga kelib g‘arb davlatlarida infratuzilma «ishlab
chiqarish
sohalarining
faoliyatiga
zamriy
shart-sharoitlar
yaratuvchi
subyektlaming yaxlit bir tarkibi» sifatida qo‘llanila boshlandi.
lnfratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi
hisoblanib, ko‘rsatayotgan turli yo'nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va
sohalaming iqtisodiy barqaror rivojlanishida asosiy poydevor hisoblanadi.
Infratuzilma
subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy
jarayonlami to‘la qamrab olib,
tashkiliy-iqtisodiy,
ijtimoiy, huquqiy, axborot,
ekologik, boshqamv va boshqa turdagi xizmatlar ko'rsatish faoliyatini o‘z
ichiga oladi, eng asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta'sir
ko‘rsatadi.
Prezidentimiz
Islom
Karimov
«Infratuzilma
majmuasi
iqtisodiyotimizning butun tizimi tayanadigan poydevordir. Respublika butun
iqtisodiy majmui ishining uyg‘unligi,
uning samaradorligi, shuningdek, chet el
sarmoyalarini jalb qilish va o‘zlashtirish imkoniyati
butunlay infratuzilma
tizimi rivojining holati va darajasiga bog‘liq» - deb ta'kidlagan edi.
Ma'lumki, infratuzilma subyektlari o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda
bajariladigan vazifalari, maqsadlari va faoliyat yo‘nalishlarida
bir nechta
tarkibiy unsurlarni birlashtirib, umumiy tizimda infratuzilma subyektlari
131
www.ziyouz.com kutubxonasi
majmuasini hosil qiladi. Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar (sohalar)
tadbirkorlaming ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlariga
bevosita ijobiy
ta’sir ko'rsatib, takror ishlab chiqarish jarayonini ta'minlashda ijobiy rol
o'ynaydi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi davrida
infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy, institutsional, ekologik va
bozor subyektlari sifatida alohida faoliyat ko‘rsatsada, ular o‘zaro
munosabatlarda bir-biriga bog'liq ravishda shakllanadi va rivojlanadi (7.1-
chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: