boshqa shakllarini, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish
lozim.
Mehnat resurslarining ish bilan ta'minlanmagan qismi ishsizlar
hisoblanadi. Qonuniy jihatdan ishsiz hisoblanishi
uchun ular tumanlardagi
bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat etishi zarur. Bandlikka
ko‘maklashish markazi murojaat etgan ishsizlami belgilangan tartibda
ro‘yxatga olib, ularga mutaxassisligi bo'yicha ish topib bera olmasa, ularga
ishsiz maqomini beradi. Ishsiz maqomini olgan fuqaro esa ijtimoiy jihatdan
himoyalanishi uchun unga belgilangan miqdordagi mablag1 ma'lum davr
mobaynida berib boriladi.
Bandlikka ko'maklashish markazlari ish bilan ta’minlanmaganlarga
tumandagi imkoniyatlami e'tiborga olgan holda
malakasini oshirish yoki
kasblarini o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarai amalga oshiradi. Shular natijasida
ulaming ish bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan
foydalanish koeffitsiyenti yuksalishini ta'minlaydi.
Qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi
tarmoqdagi mehnat resurslarining ma’lum bir qismini sanoat va boshqa
tarmoqlarga o‘tishiga ta’sir etmoqda. Shu orqali qishloq joylardagi mehnat
resurslarining ish bilan ta'minlanganlik darajasi oshirilmoqda.
Tarmoqda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jal'o
etish, ulaming mehnatlari unumdorligini
yuksaltirishda moddiy hamda
ma'naviy rag'batlantirishning, ya'ni ularning mehnatlariga yarasha haq to'lash,
yaxshi ishlaganlami esa rag‘batlantirishning ahamiyati ulkan. Hozirgi bozor
munosabatlari sharoitida mamlakatimiz miqyosida mehnatga toianadigan ish
haqining eng kam miqdori belgilanadi. Uning yuqori darajasi esa
xo‘jaliklaming iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamda ishchi-
xizmatchilaming qobiliyatlariga, imkoniyatlariga
va tashabbuskorligiga qarab
belgilanadi.
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra,
2008-yilda
iqtisodiyotda band
bo‘lganlar soni 11035,4 ming kishini tashkil etib, 2007-yilga nisbatan 2,8
foizga oshgan. Iqtisodiyotda band bo'lganlar sonining o‘sishi noishlab
chiqarish sohasida band bo'lganlar sonining 3,2 foizga, moddiy-ishlab
chiqarish sohasida band boiganlaming 2,6 foizga o'sishi natijasida yuz bergan.
Bu respublikamiz hukumati tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka
keng y o i ochib berilishi, shuning asnosida aholining bandligini oshirishga
qaratilgan iqtisodiy islohotlaming izchillik bilan amalga oshirilayotganligidan
dalolat beradi.
Surxondaryo viloyatida ham aholining asosiy
qismi qishloq joylarda
istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlami amalga
oshirayotganda ushbu holatga e'tibor berish lozim.
121
www.ziyouz.com kutubxonasi
Surxondaryo viloyatida 2010-yil 1-yanvar holatiga aholi soni 2082,3
ming nafami tashkil etgan bo‘lib, mehnat resurslarining soni 1158,8 ming
nafarni tashkil etgan. Bundan 792,8 ming nafari iqtisodiy faol hisoblanib, 366,0
ming nafari esa iqtisodiy faol bo'lmagan aholidan iborat. Iqtisodiy faol
aholining 754,0 ming nafari ish bilan ta'minlangan bo‘lib, shulardan 462,3
ming nafari iqtisodiyotning rasmiy sektorida, 275,1 ming nafari iqtisodiyotning
norasmiy sektorida band boiganlami tashkil qiladi. Iqtisodiy faol aholining
38,8 ming nafari yoki 4,9 foizi ishga joylashtirishga muhtoj, ya'ni band
boimagan
aholini tashkil etib, shundan 1628 nafari bandlikka ko'maklashish
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hisobida turganlami tashkil
etadi.
Surxondaryo viloyatida aholini ish bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar
izchil amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2009-yil 1-
yanvar holatiga xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish maqsadli kompleks
Dasturlarini
amalga oshirish doirasida chorvachilik
va kasanachilik
yo'nalishida viloyat bo'yicha 44,3 ming ish o'rinlari tashkil qilingan.
Qishloq xo‘jaligida mehnatning unumdorlik darajasi so‘nggi yillarda
yuksalmoqda. Uning oshishiga tarmoqda ekiladigan ekinlar asosiy qismining
hosildorlik
darajasi
oshganligi,
chorva
mollari
mahsuldorligining
yaxshilanganligi ta'sir etgan. Mehnat unumdorligi darajasining oshishiga
qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining oshishi ham ta’sir etmoqda. Lekin
baholar oshishiga nisbatan mehnat unumdorligining oshish sur’ati yuqori.
Chunki qishloq xo‘jalik xodimlarining mehnatga bo'lgan munosabatlari
o‘zgarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: