Bog'liq Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)
Qisqacha xulosalar Baho qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining eng muhim kategoriyasi
hisoblanadi. Uning mutlaq miqdori iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak.
Baholar qishloq xo‘jalik korxonasida qilinadigan barcha xarajatlami qoplab,
korxonaga o'zining rivojlanishini ta'minlaydigan miqdorda foyda keltirishi
lozim.
Iqtisodiy jihatdan aosslangan baholar o‘z oldilariga qo‘yilgan bir
qancha funktsiyalar, vazifalar bajarilishini ta'minlashi zarur.
Hozirgi davrda qishloq xo'jaligida baholar tizimi shakllangan.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining shakllanishida bir qator
omillar ta'sir qiladi. Jumladan, talab va taklif o‘rtasidagi munosabat,
mahsuloming sifati va naflilik darajasi. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi
tarmog‘iningo‘ziga xos xususiyatlari ham tarmoqda baholaming shakllanishiga
ta'sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining tadbirkorlar
manfaatlarini ta'minlaydigan darajada bo‘lishi uchun ulaming shakllanishini
doimiy ravishda takomillashtirib borish lozim
Qishloq xo‘jaligida baholaming shakllanishini takomillashtirishda
tadbirkorlar marketing faoliyatiga ham alohida e'tibor qaratishlari lozim.
237 www.ziyouz.com kutubxonasi