19.5. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya
strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati.
Innovatsiya
– bu har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy
yangiliklardir (ilmiy kashfiyotlar, nou-xau, ilmiy ixtirolar va hokazo), xususan:
fan-texnika sohasida bu ilmiy-texnik innovatsiyalar – kompyuter, lazer,
mikroto’lqinli yarimo’tkazgich texnologiyalari, elektron pochta, uyali aloqa va
Internet global tarmoqlari ishini ta’minlovchi integratsiyalangan aloqa liniyalari va
sun’iy yo’ldosh aloqasi, robot texnikasi;
energetika sohasida – atom energetikasi, sintetik yoqilg’i va oziq-ovqat
mahsulotlari olish;
tibbiyot sohasida - gen muhandisligi (DNK).
Mehnat, kapital, tabiiy resurslar va tadbirkorlik kabi sanoat ishlab
chiqarishidagi muhim omillar qatorida yana bir omil - innovatsion resurs paydo
bo’lgan. Biroq bunda ilmiy-texnik loyihalarni tijoratlashtirish, ya’ni ulardan bozor
raqobati sharoitlarida foyda olish maqsadida foydalanish borasida ayrim
muammolar mavjud.
Ko’p sonli empirik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o’sishning
asosiy harakatlantiruvchi kuchi texnik taraqqiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol
o’ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo’lgan tarmoqlarda
asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Bu kuzatuvlar yangi emas. Adam Smit o’zining
«Xalqlar boyliklari» asarida texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-
quvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi
iqtisodchilari orasida Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950) alohida o’rin egallaydi.
Uning zamonaviy iqtisodiy fikrlashga ko’rsatgan ta’siri neoklassik maktab
vakillari ta’siridan kam emas. Aynan shu olim innovatsiyalarni olg’a suruvchi va
unda normal darajadan katta bo’lgan daromadning asosiy manbasi bo’luvchi
raqobat
mexanizmini
tavsiflab
bergan.
Innovatsiyalar
yoki
«yangi
kombinatsiyalarni amalga oshirish» tushunchasiga Shumpeter tashkilot, mahsulot
yoki ishlab chiqarish jarayonini doimiy takomillashtirish yo’li bilan olinuvchi
strategik afzallik va yutuqlarni kiritgan. U quyidagi besh holatni ko’rsatib o’tgan:
1) yangi ne’mat tayyorlash; 2) ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish; 3)
yangi sotuv bozorini o’zlashtirish; 4) xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar
yangi manbasiga ega bo’lish;
5) tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta’minlash3.
Innovatsiyalarni amalga oshirishda pul bozorining roli ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Shumpeter uchun kapital «tadbirkorlarga berilishi lozim bo’lgan to’lov
vositalari summasi»4 hisoblanadi. Aynan pul bozorida iqtisodiy loyihalar
taqqoslanib, rivojlanish moliyalashtiriladi, «kelajakdagi qiymat tizimi paydo
bo’ladi5». Iqtisodiyotning «yetakchi sektori» hisoblangan banklar ishlab
chiqarishni kengaytirishni yoki yangiliklar kiritishni moliyalashtirishi mumkin.
Shumpeterga ko’ra, ular milliy firmalar raqobatbardoshligini oshirishda strategik
rol o’ynashi yoki aksincha, vaziyatga sustkashlik bilan javob qaytarishi va
«kelajakdagi qiymat»ni izlamasligi mumkin.
Sanoat tarmoqlarida innovatsion-texnologik ustuvorliklar texnologiyalar
ro’yxatida aks etadi: bu ro’yxatlarni maksimal darajada kichraytirish, har 4-5 yilda
qayta ko’rib chiqish hamda mamlakatning maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion
dasturlari tarkibini belgilashda asos qilib olish lozim.
Tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha samarali
tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim:
jahon texnologik makoni bo’yicha bo’lgani kabi, O’zbekiston
Respublikasi va MDH uchun ham olimlar jamoasi tomonidan muqobil konkursli
asosda ishlab chiqiluvchi uzoq muddatli (20-30 yil) ilmiy-texnik va innovatsion-
investitsion bashoratlar;
eng muhim bazaviy texnologiyalar bo’yicha ilmiy-texnik va innovatsion
xarakterga ega maqsadli dasturlar;
sanoat tarmoqlarida bazaviy texnologiyalarning ayrim bo’g’inlarini
amalga oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar.
Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy o’sishning tanlab olingan ustuvor
yo’nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to’liq ta’minlash ko’p kanalli
asosda bajariladi:
noishlab chiqarish sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni,
shuningdek, eng muhim innovatsion loyihalar, maqsadli dasturlar, strategik rejalar
va
bashoratlarni
ishlab
chiqishni
byudjetdan
moliyalashtirish,
byudjet
mablag’larini dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo’yicha
taqsimlash;
tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo’naltirilgan innovatsion
dastur va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish;
bunday dastur va loyihalarga xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish
uchun sharoitlar yaratish;
investitsiyalarga innovatsion mazmun bag’ishlash uchun sanoat
tarmoqlarida investitsion dastur va loyihalarning innovatsion-texnologik
ekspertizasini tashkil qilish. Agar tadbirkorlardan «Nima uchun yangi
texnologiyalarni o’zlashtirishga shoshilmaysiz?» deb so’ralsa, ulardan deyarli har
biri «Agar soliqlar kamroq, kreditlar arzonroq bo’lib, import bojlari unchalik
bo’g’maganda edi, innovatsiyalarni joriy qilish haqida o’ylab ko’rish va hatto buni
amalga oshirishga kirishish ham mumkin bo’lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa
qanchalik erish tuyo’lmasin, lekin, bu bor haqiqat. Tadbirkor kerakli axborot va
intellektual resurslarga ega bo’lgan va qaysi innovatsiyani ishlab chiqish yoki
ishlab chiqarishga tatbiq etish lozimligini bilgan taqdirda ham u moliyalashtirish
muammosiga duch keladi. Bu muammoni uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin:
korxonaning o’z mablag’lari yetishmasligi, banklarning kredit resurslariga ega
bo’lishning qiyinligi hamda innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash
mexanizmlarining mukammal emasligi. Innovatsiyalarni rag’batlantirishga jahon
amaliyotida keng qo’llanuvchi soliq imtiyozlaridan maqsadli yo’nalgan holda
foydalanish katta yordam ko’rsatgan bo’lar edi. Mamlakatimizda mazkur sohada
soliq imtiyozlari bilan rag’batlantirishning afzal yo’llari deb ekspertlar
ning investitsiyalarga va bu
investitsiyalarni olish uchun sarflangan kreditlarni qoplashga yo’naltiriluvchi
xarajatlari miqdorida ularning soliqqa tortiluvchi daromadini qisqartirish
imkoniyatini taqdim etish. Bu imtiyoz umuman olganda mavjud bo’lsada, biroq
«hisoblangan eskirish hajmi to’liq foydalanilgan sharoitda» qo’llanadi va amalda
hech qanday samara bermaydi;
texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga investitsiyalar
ajratuvchi xususiy sektor korxonalarini maqsadli yo’nalgan holda soliq imtiyozlari
bilan rag’batlantirish. Jahon tajribalari ITTKI va ishlab chiqarish vositalariga
investitsiya qilinuvchi mablag’larni soliqdan ozod qilishning amaliy yordam
ko’rsatishini tasdiqlaydi;
tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash uchun imkoniyatlar yaratish,
xususan, uning uchun baland normalar belgilash. Amaldagi amortizatsiya
mexanizmida bir qator cheklovlar mavjud: tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash
oddiy amortizatsiya normasidan ikki baravardan ortiq bo’lishi mumkin emas; xarid
qilingan asosiy vositalarning katta qismini birinchi yilda amortizatsiya qilish
imkonining yo’qligi. Bunday cheklashlar natijasida ko’plab kichik korxonalar
texnik jihozlanishni oshirish uchun amortizatsiyadan foydalana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |