Korxonaning innovatsion salohiyati – korxonaning yangiliklarni joriy
qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning samaradorligini oshirish
maqsadida korxonaning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish
qobiliyati. Korxonaning innovatsion salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya
jarayonidagi barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf
me’yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi.
Kredit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo’sh
mablag’larlarini bir joyga jamlab, ularni ma’lum bir tamoyillar asosida berish
jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui.
Kredit riski – bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor
bankka kredit shartnomasi bo’yicha to’lov majburiyatlarini to’liq yoki umuman
to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani
kreditlovchi bankning riskidir.