5. Bozordagi sotuvchilar sonining o‘zgarishi.
Bunda tovar
taklifi ham o‘zgaradi.
TAKLIFGA TA’SIR ETUVCHI BOSHQA OMILLAR
Tovar taklifi quyidagi tovar narxiga bog‘liq bo‘lmagan omillar asosida ham o‘zgarishi
mumkin:
1. Resurslar narxlarining o‘zgarishi.
Agar resurslar narxi oshsa, tovarni ishlab chi-
qaruvchilarning xarajatlari ortadi. Oldin ular ma’lum miqdordagi mablag‘larini xarajat qilib,
qandaydir miqdordagi tovar ishlab chiqarayotgan bo‘lsalar, endi bu mablag‘ga oldingidan
kamroq tovar ishlab chiqara oladilar, xolos. Shu tariqa, bozorda tovar taklifi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |