2. Ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi.
Texnologiyaning o‘zgarishi, odatda, tovarni ishlab
chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi,
unumdorlikni esa oshiradi. Shu sababdan tovar taklifi oshadi.
3. Davlat tomonidan ishlab chiqaruvchilarga solinadigan
soliqlar va imtiyozlarning o‘zgartirilishi.
Soliqlar ko‘paysa,
tovar uchun qilinadigan xarajatlar oshadi. Shu bois, tovar
taklifi kamayadi va aksincha.
4. Narx o‘zgarishining kutilishi.
Agar bozorda tovar narxi
oshishi kutilayotgan bo‘lsa, sotuvchilar o‘z tovarlarini hozir
arzon narxda sotishdan ko‘ra, keyin qimmatroq narxda
sotishni xush ko‘rishadi. Natijada, tovar taklifi kamayadi va
aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |