Absolat va nisbiy haqiqat
— bilish jarayonining taraqqiyotini belgilovchi kategoriyalar.
Nisbiy haqiqat o’sib absolut haqiqatga aylanadi
Abstrakt tafakkur
— narsa va hodisalarning bevosita idrok qilish mumkin bo’lmagan
xususiyatlari, o’zaro munosabatlari, qonuniyatlari haqidagi mavhum tushunchalar asosida fikrlash
turi. Bunda mavhum tushunchalar hosil qilinadi.
Abstrakt tnShuncha
— narsa va hodisalarning mavhum belgi, xususiyat, sifat va o’zaro
munosabatlarini aks ettiradigan tushunchalar.
Avtoritar pedagogika
(avtoritar pedagogik texnsjlogiya) — ta'lim-tarbiya jarayoniga
rahbarlikda o’qituvchining obro’siga asoslanish, unga o’quvchilarning ko’r-ko’rona, so’zsiz itoat
etishlari. Bunda o’quvchilarning erkin va mustaqil fikrlashlari, Shunday harakatlar qilishlari
cheklangan bo’ladi.
Avtoritet
- shaxsning boshqalar e'tirof qilgan obro’si, fazilati, boshqalarga nisbatan ta'siri
va ular tomonidan qadrlanishi. Avtoritet chin yoki sohta bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |