110
muassasalarga (muzey, ko’rgazma va h.k.larga) tashkiliy ravishda olib boriladi. Ekskursiya usuli
asosan o’qituvchi yoki ekskursiya o’tkazishga mas‘ul bo’lgan shaxsning kuzatilayotgan ob‘ektni
bayon qilishi, tushuntirishi orqali olib boriladi. Ekskursiya oxirida,
albatta yakunlovchi dars
o’tkaziladi va unda o’quvchi-talabalar tomonidan tayyorlangan chizma, rasm, taassurotlar kabi
materiallardan foydalaniladi. O’qituvchi mulohaza va fikrlarni umulashtirib,
xulosa chiqaradi va
mashg’ulotni yakunlaydi.
Amaliyot
– ta‘lim shakllaridan yana biri bo’lib, unda talaba oliy o’quv yurtida olgan
nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etadi. Bu jarayonda amaliyotchiga amaliyot
davomida oliy o’quv yurtidan ilmiy rahbarlar tayyorlanadi. Amaliyot talaba uchun kelajak ish
faoliyatida ilk qadami bo’lib, shu amaliyot davomida talaba oliy o’quv
yurtida olgan bilimlarini
qanchalik amaliyotga qo’llay olishini o’z nuqtai nazaridan ham baholaydi va bu orqali unda
kelajagini tasavvur qilishga imkon yaraladi.
Kurs ishi
– oliy maktab o’quv rejasida qayd qilingan ta‘lim berishning shakllaridan biri.
Kurs ishlari biror fanning nazariy kursi tugallangandan so’ng amalga oshiriladi. Ta‘lim berishning
bu turi talabalarning ilm olish davrida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, nazariy bilimlarini
qanchalik amaliyot bilan bog’lay olishi negizida paydo bo’ladi. Kurs ishi tayyorlash jarayonini
bevosita mustaqil ishlar tarkibiga kiritish mumkin. Kurs ishi ham o’quv rejasida kiritilgan bo’ladi.
Diplom ishi
– talabaning oliy o’quv yurtida olgan bilimlarining natijasi,
ilmiy
izlanishlarning boshlang’ich ko’rinishi bo’lib, ta‘lim berishning bir shakli sifatida namoyon bo’ladi.
Diplom ishi bir mutaxassislikning talaba tomonidan tamomlanayotgan, shu mutaxassislik rahbari
bilan birga tayyorlanadigan va o’quv yurti rejasida qayd qilingan ta‘lim berish shakllaridan biridir.
Oliy maktabda o’quv jarayoni mustaqil ta‘limni tashkil etilishini ham ko’zda tutadi.
Talabalarning mustaqil taxsili ularning o’z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish,
mavjud
malaka va ko’nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o’zlashtirishga bo’lgan
initilishi sifatida qaraladi. Mustaqil ta‘limning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini
yangilash, ularning g’oyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va madaniyatini
takomillashtirish. Mustaqil ta‘limning asosiy maqsadi
talabalarni ijodiy izlanishga, o’z ustida
ishlashga hamda ularning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o’stirishdir. Mustaqil ta‘lim buyicha
mashg’ulotlarning izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta‘minlash maqsadida uning rejasi
tuziladi. Umuman olganda barcha oliy maktablarda ta‘lim berishning tashkiliy shakllari amal qilar
ekan, ularga bir qator talablar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: