38. Yakka tartibdagi suhbatni o‘tkazish davomida suhbat komissiyasi tomonidan
abituriyentga mazkur Nizomning
6-bandida
ko‘rsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar
beriladi.
Tasdiqlangan savollar ro‘yxati oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga yakka tartibdagi
suhbat boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
Yakka tartibdagi suhbatni o‘tkazish davomida abituriyentga qo‘shimcha savollar berilishi
mumkin. Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 30 daqiqagacha davom etadi.
Mazkur Nizomning
6-bandida
nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha
savollar abituriyent
tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy
ravishda tanlanadi.
Abituriyent tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar komissiya mas’ul kotibi
tomonidan suhbat o‘tkazilayotgan xonadagi printerda chop etiladi va abituriyentga taqdim
qilinadi.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.
Mazkur Nizomning
6-bandida
ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha maksimal ball 25
ballni tashkil
etadi.
39. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun suhbat komissiyasining har bir a’zosi
boshqa a’zolardan mustaqil holda mazkur Nizomga
4-ilovaga
muvofiq shakldagi baholash
varaqasini to‘ldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi
abituriyentga suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqadi.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi bo‘yicha, abituriyentga qo‘yilgan ballar (0 dan
100 gacha oraliqda) asosida aniqlanadi.
Suhbat komissiyasi bayonnomasida abituriyentlar ro‘yxati
belgilangan parametrlarga
muvofiq kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab joylashtiriladi.
40. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalari suhbat komissiyasining barcha a’zolari
tomonidan imzolanadigan va rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan
foydalaniladi.
41. Suhbat natijalari oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng
keyingi ish kunida e’lon qilinadi.
42. Abituriyentlarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 70 foizi va undan kam ball
to‘planganda.
43. Oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi
suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
44. Yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan mas’ul vazirliklar va idoralar rahbarlarining
buyrug‘i bilan abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Apellatsiya komissiyasi tashkil
etiladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli fanlar bo‘yicha
ekspertlar, shikoyat ko‘zi ojiz
abituriyent tomonidan berilganda esa O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati vakili ham kiritiladi.
Maxsus komissiya va suhbat komissiyasi tarkibiga kiritilgan shaxslarning Apellatsiya
komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Apellatsiya komissiyasi uning a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli
hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni uning raisi amalga oshiradi,
komissiya bayonnomalari kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.
45. Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyent Apellatsiya komissiyasiga
suhbat natijasi e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida yozma tartibda apellatsiya berish
huquqiga ega.
46. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellatsiyani u tushgan
kundan boshlab ikki ish
kuni ichida ko‘rib chiqadi. Apellatsiya ko‘rib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabar beriladi.
47. Apellatsiya komissiyasi tomonidan apellatsiya faqat abituriyent ishtirokida, suhbat jarayoni
yozib olingan videotasvir asosida ko‘rib chiqiladi.
48. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellatsiya komissiyasi:
e’tiroz asossiz bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etadi va suhbat natijalarini o‘zgarishsiz
qoldiradi;
e’tiroz asosli bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantiradi va suhbat natijalariga o‘zgartirish kiritadi.
49. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul komissiyasiga
yakka tartibdagi suhbat o‘tkazilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida hujjatlarning aslini
taqdim etadi.
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda
soxtalashtirish va
qalbakilashtirish aniqlangan taqdirda, abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi (oliy
ta’lim tashkilotlari talabalar safidan chetlashtiriladi), hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni
muhofaza etuvchi organlarga yuboriladi.
50. Suhbat natijalari 30-avgustga qadar abituriyentlarni bakalavriatga qabul qilish uchun oliy
ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: