63
Butun o‗zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o‗z qismlarining o‗zaro aloqasi
tufayli mavjud bo‗lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o‗z ifodasini
topadi.
Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma‘lum bo‗lgan. Butunni
o‗rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan ziddiyatlarni echish qiyinchilik
tug‗dirgan. Ma‘lumki, Dekart o‗zining metod haqidagi mulohazalarida
har qanday predmetni
o‗rganishni bilish vazifasini echish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo‗lsa,
shuncha qismga ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‗indisi deyish
ham mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to‗g‗ri, chunki butun o‗zini tashkil etuvchi
qismlarning oddiy yig‗indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish materiallari bir
uyumga to‗kilsa, bino paydo bo‗lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv butunning ustunligini tan
olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni bilishdan oldin keladi. Ammo
butunning o‗ziga xosligi uni tashkil etuvchi qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari
ham butundan kelib chiqmaydi. Natijada qoniqarli echimini topish mushkul bo‗lgan
yaxlitlik
antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini amaliyotdan olingan
misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan olingan misol bilan rad etish mumkin.
Masalan, butun qismlarning yig‗indisidir, degan qoidaga butun o‗zini tashkil etuvchi qismlar
yig‗indisidan ko‗proqdir, degan qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‗ladi,
degan fikrga butun o‗zining qismlaridan oldinroq paydo bo‗ladi, chunki
ularga yangi xossalar
baxsh etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham bilishning
qarama-qarshi mo‗ljallarida o‗z ifodasini topadi: butunni bilish uning qismlarini bilish orqali
amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish
mahsuli sifatida faqat butun haqidagi bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Bu esa butun va
qismning yaxlitlik orqali ifodasida namoyon bo‗ladi. YAxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa
misol bo‗ladi: har bir atom yadrosining og‗irligi uning tarkibiy qismlari og‗irligining
yig‗indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va energiyaning
ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari
nuqtai nazaridan qanday
tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni echish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-
qarshi tasavvurlar birligini tan olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog‗liq bo‗ladi,
u butundan yangi xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko‗proq darajada – ular o‗rtasidagi
aloqaning xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi.
Butunning uch tipi ma‘lum:
a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va undan
deyarli o‗zgarmasdan chiqadi);
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko‗rinishi o‗zgarsa;
v) organik butun, agar qismlar o‗z-o‗zidan rivojlansa (tirik organizmlar).
Qismlar o‗rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning
yaxlitligini belgilaydi. YAxlitlik qismlarning
shunday bir aloqasiki, unda butun qismlarining
birligi ta‘minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik xususiyatini kasb etadi.
Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishning
bog‗lanishlari), funksional (predmetning faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari
yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil etadi. YAxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi:
Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog‗liqligi va butunning qismga sezilarli
darajada bog‗liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil g‗ildiragi yoki ruli uning harakatlanishini
ta‘minlovchi
qismlardir, lekin ular o‗z sifatida avtomobildan qat‘iy nazar mavjud bo‗lishi
mumkin.
Noorganik yaxlitlikda qismlarning butunga bog‗liqligi ortadi, butunning qismga
bog‗liqligi esa kamayadi. Qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o‗z xossalarini saqlash
va nisbatan o‗zgarmas bo‗lib qolish imkonini beradi. Masalan, elektron atom tarkibida ham,
undan tashqarida ham (harakatlanayotgan elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli
o‗zgarishsiz qoladi.
64
Organik yaxlitlikda organik dunyoda nafaqat qismlarning o‗zaro mosligiga,
balki
ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning qismlari butundan
tashqarida mavjud bo‗lmaydi. Tanadan uzilgan qo‗l faqat nomigagina qo‗l sanalishini Aristotel
qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
YAxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil
etuvchi qismlarni, balki qismlar o‗rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali amalga
oshirilishini ko‗rsatadi.
Demak butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning
muayyan tartibda
joylashuvi va o‗zaro bog‗langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning
tarkibidagina o‗z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun
sifatidagi H
2
O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi.
Butun o‗z qismlarining oddiy yig‗indisidan iborat emas. Ma‘lumki, vodorod yonadi, kislorod
yonishni quvvatlaydi,
lekin suv, albatta, yonishga to‗sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi. Butun
hosil bo‗lganda qismlar xossalarining yig‗indisidan iborat bo‗lmagan yangi sifat vujudga keladi;
shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o‗zaro aloqaning muayyan tipi bilan
belgilanadi. SHu sababli dialektika butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud
bo‗lgan taqdirda samarali bo‗lishi mumkin va aksincha, qismlarni o‗rganish butunga doir oldingi
bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: