218
1)
gipotezani deduktiv yo`l bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan
keltirib chiqarish;
2)
asosi ishonchli bilim bo`lmasa, uni tasdiqlash (bu ko`proq asoslari ehtimoliy hukm
bo`lgan sillogizmlar vositasida qurilgan gipotezalarga tegishli);
3)
gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun etarli bo`lgan miqdorga etkazish
(bu gipoteza to`liqsiz induktsiya vositasida qurilgan hollarga tegishli).
Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga
murojaat qilamiz.
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o`tgan
―Karno printsipi‖ni unga qilingan ko`p hujumlardan himoya qilgan. Bu printsipni tasdiqlash
maqsadida, uning chinligini intuitiv ravishda muqarrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo`l
bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq issiqlik o`z holicha sovuqroq jismdan issiqroq
jismga o`ta olmaydi.
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni
falsifikatsiya qilish yo`li bilan aniqlanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat`iy sillogizmning
inkor modusi tarzida kechadi, ya`ni natijaning xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini
ko`rsatishga o`tiladi.
Uning simvolik ifodasi quyidagicha:
((H→P)^ דp)→ דH
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha
pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan
natijalarga zid bo`lgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning
Erning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliotsentrik
nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.
SHuni alohida ta`kidlash zarurki, o`rganilayotgan hodisa haqida bir vaqtning o`zida bir
qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Masalan, hozirgi paytgacha qushlar uchayotganda
to`g‘ri yo`lni qanday topa olishini mavjud gipotezalardan hech biri to`liq tushuntira bera
olmagan. Ularda turli xil fikrlar bildirilgan: qushlarni ba`zilar magnit maydoniga, boshqalar
Quyoshga, yulduzlarga qarab mo`ljal olishadi, deb hisoblashgan. Ukraina olimlari esa 1980
yillarning ikkinchi yarmida qushlar o`z harakati marshrutlarini Erning gravitatsiya maydoniga
asoslanib, shu marshrut davomida og‘irlik kuchining o`zgarishini «hisoblab» belgilashadi, degan
fikrni bildirganlar. Lekin hozirgacha ularning birortasi uzil-kesil tasdiqlanmagan ham, rad
etilmagan ham.
Gipoteza tasdiqlanmaguncha o`zining bilishdagi ahamiyatini yo`qotmaydi.
Rad etilsa, o`rniga boshqa gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi
tasdiqlanmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo`lishi mumkin. Ana
shunga muvofiq holda umumiy va juz`iy gipotezalarni ajratish mumkin.
14-Mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: