80
yaratayotgan shaxs hayot faoliyatining o‗ziga xos xususiyatlari, uning mushohadalari
yaratilayotgan bilim tarkibiga bevosita kirmaydi (Nyuton qonunlari Nyutonga nima yoqqani va
yoqmaganligi haqida xulosa chiqarish imkonini bermaydi, vaholanki, masalan, Rembrandt
mo‗yqalamiga mansub portretlarda Rembrandt esse, uning dunyoqarashi va o‗zi tasvirlayotgan
ijtimoiy hodisalarga shaxsiy munosabati o‗z ifodasini topadi; buyuk musavvir tomonidan
yaratilgan portret doim uning avtoportreti sifatida ham amal qiladi).
Ilmiy bilim borliqni moddiy va ob‘ektiv o‗rganishga qarab mo‗ljal oladi. Biroq bu
olimning shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlarini belgilashda, ilmiy ijodida rol o‗ynamaydi va
uning natijalariga ta‘sir ko‗rsatmaydi, degan ma‘noni anglatmaydi. Ilmiy bilim nafaqat
o‗rganilayotgan ob‘ektning o‗ziga xos xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega
bo‗lgan ko‗p sonli omillar bilan ham belgilanadi.
Ilmiy bilimning tarixiy rivojlanishi madaniyatning o‗zgarishi ilmiy bilimni bayon etish
andozalari, fanda borliqqa yondashish usullari va tafakkur uslublarining o‗zgarishiga bog‗liq. Bu
andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, uning har xil hodisalari ta‘sirida
shakllanadi. Bu ta‘sirni ilmiy bilimning rivojlanish jarayoniga har xil ijtimoiy-madaniy
omillarning qo‗shilishi sifatida tavsiflash mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida ob‘ektiv
va sub‘ektiv narsalar va hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma‘naviy
faoliyatining boshqa shakllariga bog‗lab o‗rganish zarurligi fan bilan bu shakllar (kundalik
bilish, badiiy tafakkur va sh.k.) o‗rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi. Ilmiy
bilimning ob‘ektivligi va moddiyligi bunday farqning birinchi va eng muhim xususiyati
hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma narsani shu
tuzilish nuqtai nazaridan ko‗rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo‗l
tekkizmasin, hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga murojaat etmasin, hamma narsa
uning uchun ob‘ektiv qonunlarga ko‗ra yashaydigan, faoliyat ko‗rsatadigan va rivojlanadigan
predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o‗zgartiriladigan, balki kelajakda amalda
ommaviy o‗zlashtirish predmetiga aylanishi mumkin bo‗lgan ob‘ektlarni o‗rganishga qarab
mo‗ljal olishi ilmiy bilimning ikkinchi o‗ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va
odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni
ta‘riflash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: