Uslubiy majmua


Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   359
Bog'liq
falsafa

Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar. 
Bunday qarashlar 
mehnat va mehnat qurollari markscha nazariyasi doirasida amalga oshirilgan. Bu nazariyaga 
ko‗ra mehnat, so‗ngra burro nutq inson jamiyatini yaratgan. Inson hayotida mehnat qurollarining 
ahamiyatini rad etmagan holda, bu farazni tasdiqlovchi aniq ilmiy dalillarga duch kelmadik. 
Z.Freyd inson vijdonini uning kelib chiqish manbai deb hisoblagan. Etnografik tadqiqotlar bu 
farazni umuman tasdiqlamaydi. Y.Xeyzinga o‗yin va o‗yin faoliyatiga madaniyatning insonni 
shakllantiruvchi asosiy tamoyil sifatida qaraydi. Ernst Kassirer (1875-1945) ilgari surgan farazga 
ko‗ra, simvolik shakllar, ya‘ni inson va uning ongi paydo bo‗lishini belgilagan ramzlar va 
belgilar madaniyatning turli shakllarini birlashtiruvchi oliy va universal tamoyil hisoblanadi. 
Kassirer fikriga ko‗ra, qadimgi ajdodlarimiz ularning yashab qolishini ta‘minlovchi etarli tabiiy 
kuchga ega bo‗lmagan. Inson o‗zining hayvonlar xulq-atvorini kuzatish va ularga taqlid qilish 
qobiliyati bilan yashab qolish imkoniyatini qo‗lga kiritgan. O‗z navbatida taqlidga asoslangan 
xulq-atvor ramziy belgilar, keyinchalik esa nutq vujudga kelishiga asos bo‗lgan.
To‗plangan tajribani belgilar tizimida qayd etish va avloddan-avlodga o‗tkazish 
qobiliyatining shakllanishi hayvonlar to‗dasi kishilik hamjamiyatiga aylanishining muhim omili 
bo‗lgan deb taxmin qilish mumkin. Bunday qobiliyatga hayvonlarning biron-bir turi ega emas. 
Namoyish etish, o‗rnak ko‗rsatish, taqiqlar va cheklashlar tizimi muloqotning nafaqat noverbal, 
balki asta-sekin shakllangan verbal vositalarida ham o‗z ifodasini topgan. Muloqot mehnat 
ko‗nikmalarini mustahkamlash, ovqat topish va unga ishlov berishni tartibga keltirish, o‗z 
kollektiv harakatlarini muvofiqlashtirish imkonini bergan. Etnografik ma‘lumotlar tajribani 
avloddan-avlodga o‗tkazish va jamoa faoliyati ko‗nikmalarini shakllantirish shakli sifatida o‗yin 
ulkan ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi.
Ma‘lum taqiqlar orasida ovqatga doir xulq-atvor bilan bog‗liq taqiqlar, shuningdek 
seksual cheklashlar, avvalo yaqin qarindoshlar jinsiy aloqaga kirishishi – insestning taqiqlanishi 
ayniqsa ajralib turadi. Ular insoniyat kelajagi uchun olamshumul ahamiyat kasb etgan. Zero 
tartibsiz jinsiy aloqalar naslning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan. Aslida, olingan tajriba 
yaqin qarindoshlar o‗rtasida nikohning taqiqlanishiga sabab bo‗lgan. Bu nikoh aloqalari tizimini 
tartibga solish, ularni qat‘iy qayd etish, ayollar, qizlar, singillar ayirboshlashni, so‗ngra bu bilan 


87 
o‗xshashlik bo‗yicha – oziq-ovqat, buyumlar, so‗z-belgilar ayirboshlashni yo‗lga qo‗yish 
imkonini bergan. Mazkur jarayonlar odamlar o‗rtasida muloqot, munosabatlar va xulq-atvor 
me‘yorlari o‗rnatilishi va ularga rioya etish zarurligi anglab etilishiga turtki bo‗lgan. 
Me‘yorlarning mustahkamlanishiga mifologik va ilk diniy tasavvurlar hamda taqiqlar tizimi 
ko‗maklashgan. Jamoadan tashqarida yashab qolish imkoniyati mavjud emasligini anglagan 
jamoaning har bir a‘zosi unda o‗rnatilgan kundalik xulq-atvor me‘yorlariga rioya qilgan. 
SHunday qilib, jamiyat ishlab chiqarish va ko‗payish ehtiyojlari bilan belgilangan odatlar, 
me‘yorlar va qadriyatlar bilan tartibga solinadigan odamlarning birgalikdagi faoliyati va ularning 
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan. Me‘yorlar inson hayot 
faoliyatining barcha sohalariga nisbatan tatbiq etiladi, hamda madaniyat va sivilizatsiya vujudga 
kelishiga zamin hozirlaydi. Jamiyatda qanday o‗zgarishlar yuz bermasin, u odamzot bilan birga 
vujudga kelgan mazkur muhim tarkibiy elementlarni saqlab qoladi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish