Landshaftshunoslik asoslari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

 Nazorat savollari: 
1. Landshaft deganda nimani tushunasiz va qanday xosil bo‗ladi? 


30 
2. Landshaft- tabiiy-hududiy kompleks deganda nimani tushunasiz? 
3. Geotizimlarning landshaftshunoslik rivojlanishidagi o‗rni qanday? 
3-BOB. LANDShAFTLARNING TABIIY KOMPONENTLARI VA 
ULARNING O‘ZARO ALOQALARI. 
3.1. LANDShAFTLARNING TABIIY KOMPONENTLARI VA 
LANDShAFT HOSIL QILUVChI OMILLAR. 
Komponent - lotincha so‗zdan olingan bo‗lib tarkibiy qism degan ma‘noni 
anglatadi. Landshaft ham barcha katta-kichik geotizimlar singari agregat holati 
nisbatan bir xil bo‗lgan moddiy qismlar- komponentlardan tashkil topgandir. 
Umuman olganda geografik adabiyotda komponent tushunchasi anchagina 
erkin talqin qilingan. Ba‘zan landshaft komponentlariga qum qoratuproq, muz, 
yashil 6arglar, suv yuzasi kabilarni ham kiritishadi. Ba‘zan esa inson tomonidan 
bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, yashil maydonlar ham landshaft 
komponentlari deb hisoblanadi. 
Masalan, D. L.Armand (1975) agregat tarkibi bir xil bo‗lgan qismlarni hayot 
bor yoki yo‗qligini hisobga olgan holda, landshaftning komponentlari deb 
hisoblaydi. U tabiiy komponentlarga turli gazlar suyuqliklar, tog‗ jinslari, tuproq. 
o‗simlik, qor va muz, hatto texnik inshoatlarni ham kiritadi. Uning fikricha iqlim 
va relef komponent emas, balki komponentning xususiyatidir. 
F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog‗ jinslari, yer os-ti va 
usti suvlari, tuproq. o‗simlik va hayvonot dunyosini kiritadi. 
Shunga o‗xshash ta‘rifni biz "Oxrana landshaftov" (1982) nomli izoxli 
lug‗atda ham ko‗ramiz. Unda landshaftning komponentiga geografik qobiqning 
litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning landshaft chegarasidagi qismlari 
kiradi deb ko‗rsatilgan. 
Landshaft komponentlari bir-biri bilan o‗zaro aloqada bo‗lib, birining 
o‗zgarishi qolganlarining ham o‗zgarishiga olib keladi. Lug‗at mualliflari 
komponenlarni ikkiga: tabiiy va antrpoogen komponentlarga bo‗lishgan. 
Birinchisiga tog‗ jinslari, havo yer osti va usti suvlari, tuproq. o‗simlik, 
hayvonot dunyosini kiritsalar, ikkinchisiga turli inshootlar, qishloq xo‗jalik 


31 
maydonlari kabilarni kiritadilar. 
Landshaftshunos olim N.A.Solntsev ikkinchi landshaft tashkil topishi va 
rivojlanishida turli komponentlar turlicha o‗rin tutadi deydi. Ularning ba‘zilari 
kuchli bo‗lsa, ba‘zilari kuchsiz hisoblanadi, N.L.Solntsev landshaft-ning 
komponentlarini kuchlisidan kuchsiziga tomon quyidagi tartibda joy-lashtirgan: 
tog‗ jinslari – atmosfera - suvlar - o‗simlik - hayvonot dunyosi. Uningcha 
landshaftning geologik tuzilishi, tog‗ jinslarining litologik tar-kibi, relef, iqlim, 
tuproq kabilar landshaftning komponentlari hisoblan-maydi. 
Shunday qilib, yuqorida kelgirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagi-cha 
xulosa chiqarish mumkin. Landshaftning komponentlari deb, uning tarkibiy 
qismlari: tog‗ jinslari, havo, suvlar, o‗simlik va hayvonot dunyosi kabilarga 
aytiladi. Iqlim, relef, tuproq esa, komponent emas. Ulardan birinchisi havoning, 
ikkinchisi tog‗ jinslarining xususiyatlaridir. Uchinchisi esa tog‗ jinslarining havo
suv va organik hayot ta‘sirida o‗zgarishidan yuzaga kelgan hosiladir. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish