Milliy pedagogika
- ya’ni o‘zbek pedagogikasi juda qadimgi tarixga ega
bo‘lib, o‘zbek xalqining ta’lim-tarbiya borasidagi boy tajribalari, ulkan pedagogik
merosiga tayanadi. Milliy pedagogikada ta’lim-tarbiya jarayoni orqali barkamol
shaxs tarbiyasi amalga oshiriladi va pedagogika fani asosida tarkib toptiriladi.
Milliy g‘urur -
shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o‘zligini anglashi
asosida shakllanadigan ajdodlar qoldirgan moddiy, ma’naviy merosdan, o‘z
xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan xissasi, o‘zga millatlar oldida qadr-
qimmati, obro‘-e’tiborini, faxrlanish xissini ifodalovchi tushuncha.
Mifologik
- (yunoncha-mifos naql, rivoyat, logos- tushuncha, ta’limot)
dunyoqarash – ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang‘ich davriga xos bo‘lgan xalq
og‘zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy
shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |