216
Abu Nasr Farobiy inson aqliy va ijodiy faoliyatining takomillashuvida
musiqiy oxanglarning fizikaviy xolatiga asos soldi .
Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida
ulug‘lanar ekan, ularni o‘rganish, o‘zlashtirish yosh avlodning muxim burchi
bo‘lmog‘i kerak .
Xalq pedagogikasining barcha manbalarida tasvirlangan pedagogik fikrlarda,
qahramonlar dunyoqarashlarida inson barcha hayotiy muammolarni, orzu-
umidlarini faqat ilm-ma‘rifatni eagallash,
ezgu amallar, mehnat va yaratuvchilik,
do’stlik va hamkorlik, go’zal ma‘naviy-axloqiy sifatlarni egallash yordamida
amalga oshirish mumkinligi haqidagi g’oya olg’a suriladi. Shuning uchun bugungi
milliy istiqlol davrida xalq pedagogikasi durdonalarini o’rganish g’oyat muhimdir.
Chunki: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina
emas, balki bilimdon, ma‘naviy yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi
lozim,”- deganida Prezidentimiz haq edi
37
.
Milliy qadriyatlar, urf-odat, an’ana va marosimlar
- tarbiyaning eng
ta’sirchan quroli. Undan oqilona foydalanish, farzandlarimiz ongida vatanparvarlik,
rostgo‘ylik, xalq-parvarlik tuyg‘ularini shakllantirish bugungi kun talabi.
Axloq- avvalo, inson va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani.
Insonning insonligi, ma’naviy – ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi milliy
qadriyatlarning qadriga yetishi bilan belgilanadi.
Milliy qadriyat quyidagi axloqiy tarbiya tushunchalaridan iborat :
-
barkamol inson ota- onasi, farzandlari, qarindoshlari, butun oila
a’zolari, qo‘ni –qo‘shinlari, mahalla- ko‘y, xamqishloqlari va butun mamlakat xalq
farovonligi haqida qayg‘uradi;
-
tevarak atrofni o‘rab olgan insonlar unga kerak bo‘lganidek, u ham
atrofdagilarga kerakli inson bo‘lishga
intiladi;
-
milliy qadriyatlarni e’zozlaydi va ularga sodiq bo‘lib qoladi;
-
milliy qadriyatlar asosida odob-ahloq, fe’l- atvor, tarbiyani yoshlarning
ongiga singdiriladi;
-
ota-bobolarimizdan qolgan ma’naviy- madaniy merosni qadrlaydi;
-
Vatanni sevib, himoya qiladi, yoshlarni xarbiy- vatanparvarlik ruhida
tarbiyalaydi.
38
Ma’naviy- axloqiy tarbiya, madaniyat to‘g‘risida so‘z borar ekan, VIII-XIX
asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qomusiy olimlar o‘z asarlarida inson
ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishga, insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy
qarashlarini o‘stirishga alohida e’tibor qaratganlariga amin bo‘lamiz, Ular o‘z
37
Karimov I.A. Ilm-fan imkoniyatlaridan to’laroq foydalanaylik. “O’qituvchilar gazetasi”. 1989
yil,2 dekabr.
38
G.M.Ergasheva.Milliy qadriyatlar va shaxs ijtimoiy ximoyasining huquqiy mexanizmlarini
takomil-lashtirish. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.- T.: “Akademiya”, 2007.
211-212 betlar.
217
asarlari bilan sharqona odob-axloq talablari asosida komil inson, adolatli jamiyat va
davlatni shakllantirishning ma’naviy asosini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘zbekistondek ona zaminimiz jahonga ne-ne buyuk mutafakkirlar va
qomusiy allomalarni yetishtirib bergan. Ular- xoh tibbiyotchi va dorishunos, xoh
riyozotchi va falakshunos,
hox tarixchi va fiqix, xoh tilshunos va munaqqil (naql
qiluvchi), xoh adib va shoir, xoh tasavvuf ilmining mashxur namoyandasiyu davlat
arbobi bo‘lsin yetuk ilmiy asrlar yaratganlar.Ulug‘ bobokalonlarimizdan
Muhammad Muso al-Xorazmiy, abu nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon
Beruniy, Bahouddin Naqshband, HojaAhmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, az
Zamaxshariy Alisher Navoiy, Zaxiriddin Bobur, Abdulla Avloniy va boshqa
alloma- mutafakkirlarning shuningdek, jadichilarning ismlarini va ular tomonidan
ta’lim – tarbiyaga oid asrlarini tilga olish kifoyadir.
Bu mavzuni kengroq yoritishda milliy qadriyatlarimizga uzviy bog‘liq
bo‘lgan diniy qadriyatlarimizning roli haqida to‘xtalib o‘tmasdan ilojimiz yo‘qdir.
Diniy qadriyatlarni milliy qadriyatlardan ajratib o‘rganish yoki tahlil
qilish qiyin. Sababi, milliy qadriyatlar diniy qadriyatlar bilan qo‘shilib ketib,
mukammal umuminsoniy qadriyatga aylanadi.
Prezidentimiz Islom Karimov so‘zlari bilan aytganda: “Biz
islom dini
ota- bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham
ma’rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz... Dinga hurmat va e’tiqod- biz uchun
o‘lmas qadriyatdir”
39
.
Millatning ravnaq topishida tarixan shakllangan milliy va diniy
qadriyatlar, urf-odatlar, an’ana marosimlarning ahamiyati beqiyosdir. Milliy
qadriyatlar avvalo, har bir millatning iftixori, faxri shu bilan birga ma’naviy
merosining poydevori hamdir.
Islom dini 8 asrning boshlaridaMarkaziy Osiyoni arablar tomonidan istilo
qilinishi oqibatida kirib kelgan. Keyinchalik Temuriylar imperiyasi va Mongol
imperiyasi, shu jumladan, Markaziy Oiyo va bir necha yirik musulmon davlatlarda
faoliyat olib borgan ko'plab taniqli islomiy olim va faylasuflar Markaziy Osiyodan
etishibchiqdilar. (Islam came to Central Asia in the early part of the 8th century as
Do'stlaringiz bilan baham: