Ijobiy axloqiy sifatlarga erishish va salbiy axloqiy sifatlarni
bartaraf etish usullari haqida
Xalq pedagogikasida shaxsning ijobiy va salbiy axloqiy sifatlarining
shakllanishi sabablari ob‘ektiv ravishda ko’rsatib berilgan. Xalq bola tarbiyasining
murakkab va sharafli ish ekanligi to’g’ri anglaydi. Shuning uchun xalqda “Bola-
aziz, bola tarbiyasi undan ham aziz” deyiladi. Bu fikr g’oyatda to’g’ri. Chunki gap
kelajak avlod tarbiyasi haqida borayotir. Xalq tarbiyani umr bo’yi davom etuvchi
jarayon deb xisoblab, bola tarbiyasini bir lahza ham e‘tiborsiz qoldirmaslikka
chakiradi. Aks holda bolani qayta tarbiyalash zarur bo’ladi. Ammo, qayta
tarbiyalash jarayoni ancha murakkab ish ekanligi ta‘kidlanadi: “O’ttiz yil egri
o’sgan daraxni bir yilda to’g’rilab bo’lmaydi”.
Etnopedagogikada ko’rsatilishiga, barcha ijobiy sifatlar bolaga yoshligida
singdirilishi lozim. Bunda oilaning ahamiyatga g’oyat katta. Ayniqsa, otaning
yumshoq ko’ngilli, onaning erkalatishlari bola tarbiyasiga salbiy ta‘sir etishi
alohida ta‘kidlanadi:
“Erkalatsa, onasi, taltayadi bolasi”
yoki:
Do'stlaringiz bilan baham: |