«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz


partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus
guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi bir
palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun,
300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya
qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritildi. Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy
Majlisi 1995-2004 yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:

O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini
mustahkamlovchi qonunlar yaratish;

qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;

shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;

amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini
o’rgangan holda olib borish;

joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Muxtasar
qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali
parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari
asosida faoliyat yuritdi. 
Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy
parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. Prezident Islom
Karimov 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament
tizimiga o’tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o’tgan 10 yili davomida
parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan
ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001 yil 6-7
dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali
parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish
zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq
58


O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?»
degan masalada referendum bo’lib o’tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65
foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan
Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati
tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali
- quyi va yuqori palatalardan Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi iborat etib
tashkil etiladi, deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata
– Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali
parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini
tayyorlsh ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston
Respublikasining Qonunchilik palatasi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining
Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120
nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu
o’zgarishlar 2003 yil aprelda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu
tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari yaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida
mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Qonunchilik
palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hududidan 6
nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16
nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib
o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra yashirin
ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov
sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita
rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yx atga
olindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil 27 yanvar kuni
bo’lib o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari
tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Murod Sharifxo’jaev Senat raisi etib
saylandi. Shuningdek 2 nafar senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat
qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda,
2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun
yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil
etildi va o’z faoliyatini boshladi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish