Xususiylashtirish
mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishi.
Hamkorlik siyosati
– xalqaro siyosat sub’ektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan
masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko‘ra
tomonlar o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tushuvchi amaliy
masalalarda birgalikda faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
Harakat
ma’lum maqsadlarga erishishga yo‘nalgan ijtimoysiyosiy faoliyat; birlashma, tashkilot.
Huquq
davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki
nimadandir foydalanish, nimagadir egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini
muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat berish maqsadlarida davlat
tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan umum majburiy ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |