«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


 I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

3. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.
XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi.
Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega
bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya — mustaqillik g‘oyasi edi, xalq
mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi.
Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning
qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni
amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana
qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab
kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi
bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy insonniing
O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga
barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish
ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi
O‘zbekistonnng Davlat tili haqida Qonun qabul qildi.
23


Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek
tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi 
mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom
Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga”
zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar.
O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish
tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish
ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini
ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi
sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini
ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom
Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti
etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki,
O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va
iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi
edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”mustaqillikka erishishida
qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega
bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik
ko‘rsatdilar. Natijada, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil
20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.
O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam
qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi
yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining
mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi
borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini
qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga
kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib
yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi.
Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil
23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz
bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib
bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash
zarurligini tushunib etdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan
1989 yil 15 avgustda «kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa
xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus
qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham,
I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada
o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar er olishdi.
O‘ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari
kengaytirildi, tomorqaga etolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo‘ldi. Tomorqa
xo‘jaligi maydonining o‘sishi, unga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi, agrar siyosatning
ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo‘jaligining keskin o‘sishiga olib
24


keldi. 1989-2000 yillar mobaynida don etishtirish 2,5 baravar o‘sib, don bo‘yicha
chetga qaramlikdan qutulgan ekanmiz, bu muvaffaqiyatga erishishimizda
tomorqachilarning ham munosib hissasi bor. YAna qator mahsulotlar ishlab
chiqarishda ham tomorqachilarning ulushi katta. Masalan, shu davrda kartoshka
ishlab chiqarish, meva, sut mahsulotlari etishtirishda ham ijobiy o‘sishlarga erishildi.
Mazkur mahsulotlarning asosiy qismi tomorqadan olinishi hech kim uchun sir emas.
SHuningdek, o‘sha vaqtda hali ham «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» kabi
uydirmalar bilan o‘zbek xalqi nafsoniyatiga tegishi davom etardi. O‘zbekistonning
amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri O‘zKP Markaziy
Komitetining 1989 yil 25 noyabrdagi XVIII plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo
respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish,
«Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida
o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi.
1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasi O‘zbekistonning
davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunnng qabul qilinishi o‘zbek
xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy va
siyosiy hayotida ro‘y bergan g‘oyat muhim voqea bo‘ldi.
Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A.Karimovning siyosati bevosita
o‘zbek xalqi xohish-irodasi, sa’y-harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq rahbariyatini
xiyla talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning 1990 yil 24 martida
bo‘lib o‘tgan sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik
lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh
respublikalar orasida birinchi bo‘lib prezidentlik lavozimi joriy etildi. Demokratik
jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni takomillashtirish va
konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi mustaqillikni talab
etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili
yotadi. SHuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro
aloqasini takomillashtirish-bu bevosita partiya yakkahokimligini bartaraf etish,
fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-
oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga
oshiradigan Prezident lavozimini joriy qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachev
boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda,
O‘zbekiston boshqa ittifoqchi respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik
oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday
dadil siyosat yurita boshlagan edi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish