[20] Ishontiruvchi
muloqot
– rahbardagi kerakli odamlarni ishontirish uchun
ma‟lumotlarni (og„zaki yoki yozma) yetkazib berishni
tashkil eta olish xususiyati.
Ushbu kompetentsiyaga ega rahbar:
- eshituvchiga kuchli ta‟sir eta oladigan ma‟lumot yoki axborotni tanlay
oladi va uni eshituvchiga (yozma yoki og„zaki) yetkazib bera oladi;
- auditoriya darajasi va tajribasiga mos tilda gapiradi va misollar keltiradi;
- ma‟lumotlarning qabul qilinishini osonlashtirish va ta‟sirini oshirish uchun
grafik ramzlar, sarlavha va slaydlarni o„ylab topa oladi;
- vaziyatni asoslash uchun bir necha dalillar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |