PEDAGOGIKA
2017, 4-son
119
vaqt nuqtayi nazaridan olis о‘tmishdagi obyektni harakatga keltirishi kerak, biroq
bunda tadqiqotchi tadqiqot obyektini kuzatish va tajribalar о‘tkazish
imkoniyatidan mahrum etilgan. Tabiiy fanlarda ham bunday jarayonlarni kuzatish
imkoniyati cheklangan bо‘lishi tabiiy, tarixchida esa bunday vaqtda mantiqan
fikrlash va tafakkuri yordamida voqealar tizimini shakllantirishi va modellashtirish
imkoniyati mavjud. Ayni vaqtda tarixchida manbalar xazinasi hamda uslublar va
tadqiqot usullari mavjudki, bu uning tadqiqot sohasidagi katta ustunligidir. Tarixiy
bilishning ikkinchi xususiyati shundaki, tarixchi hozirgi zamonda turib о‘tmishni
tadqiq etadi. Hozirgi zamon о‘tmishning bir qancha hodisalari va tarixiy
jarayonlarini interpretatsiyalaydi, biroq bunda hozirgi zamon о‘tmishni aynan
shakllantirmaydi, balki о‘tmish bizning tasavvurimizda hosil bо‘ladi.
Shunday ekan, tarixning turli davrlari va sohalari, jarayonlari va voqealarini
о‘rganar ekanmiz, ayni bir voqeaga bо‘lgan turli munosabatlar va yondashuvlarni
chuqur tahlil qilish asosida eng xolis va ilmiy dalillar bilan isbotlangan, tarixiylik
omiliga qat’iy rioya qilingan xulosalar va qarashlarni shakllantirishimiz muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu bir jihatdan tarixiy jarayonlar haqidagi ilmiy xulosalarga
ega bо‘lishimizga imkon bersa, ayni vaqtda talabalarga tarix fanining eng sо‘nggi
yutuqlari va ilmiy xulosalarini yetkazib berishga, bо‘lajak tarixchining kasbiy va
ilmiy bilimlarini oshirishga zamin hozirlashga imkon beradi.
Shu о‘rinda tarixning turli davrlari va tarixiy jarayonlari haqida yaratilgan bir
qator xorij tarixshunosligiga oid adabiyotlarni kо‘rsatib о‘tishni maqsadga
muvofiq deb bildik.
Xorij tarixchilaridan biri Aleksandr Morrison tomonidan yaratilgan “Russian
rule in Samarkand 1868-1910. A comparison with British India” asarida XIX asr
oxiri XX asr boshlarida Turkistonning mustamlaka davri tarixiga oid bir qator
tahliliy materiallar keltirib о‘tilgan
1
.
Kitobda Turkistonning XIX asr oxiri-XX asr
boshlaridagi hududiy masalalari va unda yashovchi xalqlar tо‘g‘risida, ma’naviy
va madaniy sohalardagi, shuningdek iqtisodiy sohalardagi tarixiy jarayonlar
haqida bir qator ma’lumotlarni keltirish bilan birga, ularga munosabat ham
bildirilgan. Bunda A. Morrison bir qator xorij tarixchilarining, jumladan, P. Klavin,
R. J. Evans, I. Goldman, J. Robertson, R. Servis, P. A. Slekc kabi tarixchilar va
olimlarning ilmiy ishlari, monografiyalaridan foydalanganligini alohida ta’kidlab
о‘tadi.
1
Morrison A. S.
Russian rule in Samarkand 1868-1910. A comparison with British India. – New
York: Oxford University Press Inc., 2008, – P. 395.
Do'stlaringiz bilan baham: |